758
Joriy operatsiyalar hisobi tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi bilan),
import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni o‘z
ichiga oladi.
Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi muvozanat (tenglik)
savdo balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti
kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari
zaxiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan)
mamlakatdagi chet el valyutalari zaxirasini qisqartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar)
kreditli
xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan
milliy
pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital mazkur
mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda ko‘proq
miqdorda foiz va
dividend keltirsa, bunda investitsiyalardan
olinadigan sof daromad ijobiy, aks
holda esa salbiy bo‘ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larining boshqa mamlakatlarga
o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a, chet elga pul o‘tkazishlar yoki
chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‘lovlar
mamlakatda
mavjud chet el valyutalari zaxirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i quyidagicha
ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: