766
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT)
tarkibiga barcha
sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning
iqtisodiy rivojlanishidagi
tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki xatti-
harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan.
IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi
rivojlanish tendensiyalarini
hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro
moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB)
Shveysariyaning Bazel shahrida
joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini
xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB
Yevropaning deyarli barcha
mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya
hamda AQSh tijorat banklari
guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining
oltin-valyuta zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)
Sharqiy Yevropa hamda
sobiq
Ittifoq
mamlakatlariga
valyuta-moliya
sohasida ko‘maklashishni
muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi.
Uning asosiy faoliyati
Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan
bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu
mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga
yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo
tashkilotlarning xalqaro
valyuta-moliya
sohasidagi
munosabatlarni
tartibga
solish
va
yanada
takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu
bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy
yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak
berilayotgan
mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi
sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor
kuchaytirish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: