769
Reimport
– iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi
– xalqaro valyuta munosabatlarining
davlatlararo
bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi
– bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida
ifodalangan narxi.
To‘lov balansi
– mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat)
va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar
– qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik
huquqining bir davlat
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Ichki va tashqi savdoning o‘xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-
chi?
2.
Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
3.
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi?
Ularning
tavsifini bering.
4.
Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni
taqqoslang.
5.
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda
O‘zbekistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.
6.
Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir
tizim qanday ustunlik va
kamchiliklarga ega?
7.
Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan
foydalanadi?
8.
Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
770
9.
Jahon valyuta tizimining mazmuni nimadan iborat? Uning rivojlanish
bosqichlari va ularga mos xalqaro valyuta munosabatlarini
tashkil qilish tiplarini
izohlang.
10. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlarga qaysi tashkilotlar
kiradi? Ularning asosiy faoliyatlarini tavsiflab bering.