762
chiqarish va kiritish Xalqaro to‘lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib,
xizmat
qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb
hisoblangan, ya’ni: a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o‘rnatadi; b)
o‘zining oltin zaxirasi va pulning ichki taklifi o‘rtasidagi
qattiq nisbatni ushlab
turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to‘sqinlik qilmaydi. Oltin strandart
pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi.
Oltin standart sharoitida, turli
mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo‘yicha
o‘rnatiladi.
Oltin standart barbod bo‘lgandan keyin, valyuta sohasini
tartibga solishning
o‘zaro maqbul yo‘lini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valyuta tizimi
asoslarini
ishlab chiqish maqsadida, 1944 yil Bretton-Vudsda (AQSh) ittifoqchi
davlatlarning xalqaro konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiyada o‘zaro bog‘liq
valyuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va
bu ko‘pincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi.
Mazkur tizim oldingi oltin
standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valyuta standarti (AQSh
dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi.
Dollarning oltinga almashinishi rasman to‘xtagandan keyin, valyutaning qayd
qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o‘rin bo‘shatadi. Xalqaro valyuta tizimidagi
bu o‘zgarish 1976 yil Kingston (Yamayka) dagi kelishuvga binoan huquqiy
jihatdan mustahkamlanadi. Qog‘oz pul tizimiga o‘tish bilan, qog‘oz pullar oltinga
almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday boshqa
narxlar kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy
qismlaridan biri valyuta
kursi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: