Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.  Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə578/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   574   575   576   577   578   579   580   581   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. 
Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi 
(masalan, so‘m, dollar, funt sterling va 
h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi. Bunda 
milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. 
Milliy valyuta tizimi – valyuta 
munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur 
mamlakatda amal qilish shaklini ifodalaydi.
Uning tarkibiga quyidagi unsurlar 
kiradi: 
-
milliy pul birligi; 
-
valyuta kursi tartibi; 
-
valyutaning muomalada bo‘lish shart-sharoitlari; 


761 
-
valyuta bozori va oltin bozori tizimi; 
-
mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi; 
-
mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi; 
-
mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar 
mavqei.
Xalqaro valyuta tizimi
– xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo 
bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:
-
asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta 
birliklari – SDR, Evro);
-
valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
-
xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi;
-
valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
-
xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
-
valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi. 
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil 
bo‘lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari 
jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida uchta bosqichdan o‘tdi va ularning 
har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o‘z tiplari mos keladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   574   575   576   577   578   579   580   581   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin