Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Milliy boylikning mazmuni va tarkibiy tuzilishi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə258/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

17.5. Milliy boylikning mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek, bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy boyliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob ilmiy adabiyot va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iborat bo‘lib, u bir tomondan to‘plangan nafliliklar yig‘indisi, ikkinchi tomondan esa to‘plangan qiymatlar yig‘indisidir.
Milliy boylikning birinchi manbasi tabiat va ikkinchi manbasi insonlar mehnati hisoblanadi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

  1. Moddiy-buyumlashgan boylik.

  2. Nomoddiy boylik.

  3. Tabiiy boylik.

Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • aylanma kapital (fondlar);

  • tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;

  • moddiy zahiralar va ehtiyojlar;

  • aholining uy xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.

Moddiy-buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • mehnat unumdorligining o‘sishi;

  • ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;

  • milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.

Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shartsharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Milliy boylik tarkibiga har bir mamlakatda uzoq tarixiy davrlarda yaratilgan binolar, inshoatlar, noyob buyumlar, san’at asarlari va boshqa ko‘pgina boylik turlari ham kiradi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat boyliklarining asosi tabiat mahsuli bo‘lib, bular: toza havo, quyosh va shamol va boshqa tabiat kuchlari, ularning energiyasi, foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, okean boyliklari, suv va yer resurslari hisoblanadi hamda boylikni yanada ko‘paytirish va ishlab chiqarishda muxim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Tabiat boyliklari yer yuzi bo‘yicha bir tekisda joylashmagan va barcha davlatlar hududlarida bir xil miqdorda taqsimlanmagan, shundan xulosa qilish mumkinki dunyo mamlakatlari va mintaqalar tabiat boyliklari bo‘lmish tabiiy resurslar bilan turli darajada ta’minlangan.
Tabiat resurslari takror hosil qilinadigan va takror hosil qilinmaydiganlarga bo‘linadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin