7.1-jadval Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik (raqamlar shartli ravishda qo‘yilgan)
Bir kilogramm kartoshka narxi (so‘m)
Kartoshkaga bo‘lgan yakka talab miqdori (bir oyda kilogramm)
Kartoshkaga bo‘lgan bozor talabi miqdori (bir oyda tonna)
700
600
500
400
300
10
20
30
50
60
10
20
30
50
60
Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo‘lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o‘sishi bilan unga bo‘lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi.
Giffen kambag‘al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilishlari kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko‘rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag‘al oila ovqatida
mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o‘sishi ro‘y bersa, bunda kambag‘al oila go‘sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo‘ladi, o‘zining ko‘p bo‘lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talab miqdorining kamaymasdan, aksincha ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq bozor talabi miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi (7.1-rasm).
so‘m P