Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə362/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xalqaro iqtisodiy integratsiyabu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas chatishib-chirmashib rivojlanish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli-tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:

  • erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH

mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo‘la oladi;

  • bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;

  • to‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisobkitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati,

Janubiy-Sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard maqsaddir;

  • umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi;


  • Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin