Tovrlarni sifat tizimini sertifikatsiyalashning o’tkazish bosqichlari.
Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
Tovarlarni sertifikatlashtirish sohasida ISOning faoliyati.
Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko’rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq (mos) kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab qiladi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Ho’sh sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi. Sertifikatlashtirishi tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov labaratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari qo’llanmasiga kirgazilgan. Qayta ishlangan xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo’llanmasida sertifikatlashtirishi atamasining faqatgina izohlari berilgan:
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda uchinchi tomonni qatnashishi tushuniladi. Sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha yangi tushuncha zaruriyatini tug’dirmoqda.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikning uchta ko’rinishi muvofiqlik bayonoti. Muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirishni belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetqazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqlik haqida butun ma’suliyatini o’z ustiga olganligini bayon etishga aytiladi. Bu ma’suliyatni so’ngi vaqtlarda o’z-o’zini sertifikatlashtirishi tushunchasi bilan almashayotgani qayd qilinmoqda. O’z-o’zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun ma’suliyatini o’ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o’zini o’tkazadi. Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan sinov labaratoriyasining bayonoti tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan parni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan bog’liq ekanligini bayon etishga aytiladi.