Toshkent davlat iqtisodiyot



Yüklə 400,3 Kb.
səhifə53/70
tarix20.06.2023
ölçüsü400,3 Kb.
#133282
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Gjbjjgu

Mahsulot sifati - uning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati - uning barcha xususiyatlarini emas, balki mahsulotning ma’lum ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlari bilan bog’liq xususiyatlarni o’z ishiga oladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda uning sifatini zarur darajasini belgilash, ta’yiilash va sifatini muntazam nazorat qilish hamda unga ta’sir qiluvchi shart sharoit va omillarni sobitlik bilan ta’sir ettirish orqali amalga oshiriladi.
Sifat masalasi -xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat deganda mehnatni va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini ko’paytirish pirovard natija jamiyat ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushunamiz. Shu boisdan ham boshqarishni butun mehanizmini moddiy va moddiy rag’batlantirishning butun sistemasi injener va konstruktorlarini kuch g’ayratlarini, ishchilarning mahorati mahsulot sifatini oshirishga qaratishi zarur.
Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarni kengayishi. Chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kourashning navbatdagi butunlay yangi bosqich uchun shart sharoitlar mavjudligini ko’rsatmoqda. Mahsulot sifatini muammosini hal etish yana shuning uchun murakkab kompleks ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy, ham sostial muammodir. Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqichlarida, Ilmiy tadqiqot, loyiha -konstruktorlik, texnologik ish olib borish jarayonida undan foydalanish ommaviy joriy qilishda shakllanadi. Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi forma va me’todlari to’g’risida gapirishdan oldin mahsulot sifati va mehnat sifati tushunchalarini ko’rib chiqaylik.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning uzliksiz jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq xojaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan moddiy boyliklar mahsulot deb ataladi.

Yüklə 400,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin