Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03


Muammoning о‘rganilganlik darajasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə4/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Respublikamiz psixolog olimlaridan D.Abdumadjidova, R.Abdurasulov, D.Boymirzayeva, U.Butayeva, N.Ismoilova, F.Gaziyeva, K.Kadirov, S.Mirzаyevа, M.Karamyan, D.Аrzikulov Z.Elov, B.Sirliyev, D.Mamadiyarova, N.Sagindikova, S.Iskаndаrovа,Z.Fayziyev, F.Shermatov, G‘.Shoumarov, P.Ergashev, U.Qodirov, O.Hayitov va boshqalar tomonidan stressga barqarorlikni ta’minlash, frustratsiyaning stressogenlik ahamiyati, stress holati yuzaga kelishining oldini olishda yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, stresslarni boshqarish kompetensiyasini shakllantirish, kazusli vaziyatlarda psixologik himoyani faollashtirishning psixologik jihatlarini ilmiy tadqiq etishgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan A.Akopyan, A.Andreyeva, X.Axmedova, D.Badmayeva, T.Boxan, S.Gagolina, N.Devayev, V.Krivobokova, I.Komarova, O.Lavrov, T.Lisakova, O.Lozgacheva, I.Menshikova, M.Padun, YE.Sapyorova, LStatueva, M.Xutornaya, O.Sergeyeva va boshqalar nomonidan talabalar о‘quv faoliyatida stresslarning yuzaga kelish omillari va stress holatini yengib о‘tish muammosining o’ziga hos jihatlari ilmiy tadqiq etilgan.
Xorij olimlaridan A.Adler, A.Bandura, R.Kettel, K.Maslak, X.Murrey, G.Sallivan, G.Seleye, Z.Freyd, X.Frendenberger, E.Fromm, K.Xorni, E.Erikson va boshqalar tomonidan stress holatining yuzaga kelishi sabablari va mexanizmlari, stressning shaxs xulq-atvoriga ta’siriga oid masalalar bо‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsion tadqiqot Qarshi davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq ITD-3-030-raqamli «Ijtimoiy va pedagogik psixologiyaning etnik asoslarini tadqiq etish» mavzusidagi ilmiy–texnik loyiha doirasida bajarilgan (2018–2021 y.y.).
Tadqiqotning maqsadi talabalar о‘quv faoliyatida psixologik stress holati paydo bо‘lishi omillarini va stress holatining о‘zgarish dinamikasini aniqlash boʻyicha zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin