Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə5/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

Tadqiqotning vazifalari:
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi yangi muhitga moslashish, katta o‘quv yuklamasi, imtihon oldi xavotir va guruhdagi nizolarning yuqori darajada ta’sir etishi tufayli stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasiga bog‘liq ekanligini aniqlash;
talaba shaxsiga o‘quv faoliyatidagi kognitiv, ijtimoiy omillar ta’siri natijasida faollik, hissiy komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqotchanlik xususiyatlarini kasbiy sifatlarga integral tarzda psixoemotsional sohada namoyon bo‘lishi holatini kuchayishi tufayli stressga bardoshlilikni yoshga bog‘liq ravishda shakllanishini asoslash;
talabalardagi psixologik stress holatini o‘zgarish dinamikasi stressga chidamlilik, muammoni yechish, muammoni konstruktiv baholash va o‘z vaqtida ratsional hal eta olish hamda yuqori tanqidiy tafakkur xususiyatarini yoshga oid differensial shakllanishi tufayli koping sifatlarning barqaror ravishda rivojlanishiga identiv ekanligini aniqlash;
talabalarda stressga barqarorlikni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarda stressni boshqarish, stress holatidagi faollikni konstruktivlashtirish, self-menejment, ijtimoiy mas’uliyat, irodaviy sifatlarni rivojlantirish muhimligi tufayli ratsional-emotiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish zaruratini asoslash.
Tadqiqotning ob’yekti sifatida talabalar о‘quv faoliyatida psixologik stress holati paydo bо‘lishi omillarini tadqiq etish jarayoni olingan bo‘lib, tadqiqotga Jizzax davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti psixologiya yo‘nalishi barcha kursida tahsil olayotgan talabalar jalb etilgan bo’lib, respondentlarning umumiy soni jami 417 nafarni tashkil etgan.
Tadqiqotning predmeti talabalar o‘quv faoliyatida psixologik stress holatini diagnostika qilish va korreksiyalash jarayoni tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida suhbat, kuzatish metodlari, shuningdek, N.V.Kirsheva, N.V.Ryabchikovaning «Stressga barqarorlikni aniqlash» testi, J.Teylorning «Xavotir shkalasi», V.A.Doskinning hissiyot, faollik, kayfiyatlarni aniqlashda «SAN» metodikasi, D.Amirxanning «Koping-strategiyalar indikatori» metodikalardan foydalanildi. Olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik-statistik metodlaridan Styudentning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyatsiya koeffitsientini qoʼllash orqali tasdiqlandi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin