Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə8/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanida muhokamadan oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 10 ta, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 6 ta (4 ta respublika va 2 ta xorijiy ilmiy jurnallarda) maqolalar nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan iborat. Tadqiqot ishining hajmi ilovalardan tashqari 170 sahifani tashkil etadi
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, maqsad va vazifalar belgilangan, metodlar, ob’ekt va predmet aniqlangan, tadqiqotning Oʻzbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan, tadqiqotda olingan natijalarning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, ularning amaliyotda tadbiq etilishi, ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi, dissertatsion ishning tuzilishi yuzasidan ma’lumot keltirilgan.
Dissertatsiyaning «Psixologiyada stress holatini о‘rganishga nazariy-metodologik yondashuvlar» deb nomlangan birinchi bobida shaxs hayotda turli muammoli vaziyatlar sababli paydo bо‘luvchi stress holati, stressning inson organizmiga ta’siri, stressorlar ta’sirida organizmning ichki muvozanati gomeostaz izdan chiqishi, stress sababli shaxs faoliyatida paydo bо‘ladigan о‘zgarishlar, stressning fiziologik va psixologik asosi, stressning yuzaga kelish bosqichlari borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Fiziologik stress organizmga bо‘lgan kuchli jismoniy va psixik ta’sirlar bilan bog‘liq bо‘lsa, psixologik stress shaxs psixikasida kechayotgan jarayonlar bilan bog‘liq bо‘lib, shaxs tomonidan о‘zining qiyin, ekstremal holatini о‘ziga xos kо‘rinishda aks ettirishdan iborat bо‘lgan psixik holatdir (A.G.Maklakov, S.A.Salexov). Stress holati aktiv faoliyat, baholash, faoliyatning nomuvofiqligi, jismoniy va tabiiy kabi stressorlar ta’sirida paydo bо‘ladi (S.A. Razumov). Davomiyligiga kо‘ra qisqa va uzoq vaqt ta’sir etuvchi stressorlar ajratiladi (V.Xarris). Stressni ifodalovchi somatik, emotsional, xulq-atvor, kognitiv belgilari mavjud (L.V.Kakshina, T.L.Shabanova). Stress holati yuzaga kelishida xavotir katta rol bajaradi. Xavotir emotsional kechinma bо‘lib, oldindagi vaziyatning noaniqligi sababli paydo bо‘luvchi noqulaylik bilan tavsiflanadi (R.A. Grexov, Z.Freyd, G.S. Sallivan, K.Xorni). Talabalar stress barqarorligiga shaxsiy va reaktiv xavotir, yuqori ijtimoiy xohish, о‘zini past baholash, muvaffaqiyatsizlikdan qochish, muloqot malakalarining past darajada rivojlanganligi salbiy ta’sir kо‘rsatadi (O.V. Lozgacheva). Shu bilan birga talabalar о‘quv jarayonida va imtihon oldidan xavotir, fiziologik о‘zgarishlar va stress yuzaga kelishi о‘rganilgan (A.N. Akopyan, Y.V. Sapyorova, O.V. Lavrov, T.N. Lisakova). Talabalarda о‘z-о‘ziga baho va frustratsion vaziyatlarga tolerant munosabatda bо‘lish determinantlari bilan stressga barqarorlik о‘rtasida ahamiyatli о‘zaro aloqadorlik mavjudligi aniqlangan (N.Z. Ismoilova). Kazusli vaziyatlar shaxs faoliyatini keskin о‘zgartirishga qodir voqelik ekanligi, emotsional beqarorlikni, asabiy taranglikni, ayniqsa stress, affekt, depressiya kabi salbiy kechinmalar yuzaga keltirishi aytilgan (Z.H. Fayziyev). Talabalarda zо‘riqish, stressogenlik, frustratsiyaning keng tarqalganligi psixologik himoya masalasini dolzarbligini kо‘rsatadi (D.D. Boymirzayeva).
Dissertatsiyaning «Talabalarda psixologik stress holatini yengishning empirik tahlili» deb nomlangan ikkinchi bobida talabalarda stress holatini о‘rganish uchun diagnostik usullar tahlili, tadqiqotni tashkil etish bosqichlari, talabalarga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlili, stressga barqarorligi, stress holatidagi faolligi hamda xulq-atvor kо‘rinishi diagnostik natijalari keltirilgan.
Talabalarda stress holati paydo bо‘lishiga ta’sir etuvchi asosiy omillari tо‘rt bosqich talabalarida «Talabalik davri stress omillari» nomli mualliflik anketa sо‘rovnomasi yordamida aniqlangan.Birinchi kurs talabalarida yangi muhitga moslashish muammolari omili 75,6%; о‘qishga jiddiy munosabat omili 82,2%; topshiriqlarni bajara olmaslik bilan bog‘liq muammolar 71,1%; imtihon oldi xavotir 84,4%; guruhdagi nizo omili 62,2%; kunlik faoliyatni rejalash muammosi 57,8%; oiladan uzoqda yashash 48,9% bо‘lib asosiy stressorlar sifatida ifodalangan. Ikkinchi va uchinchi kursda tahsil oluvchi talabalarda mazkur sо‘rovnoma bо‘yicha natijalar deyarli bir xil kо‘rsatkichni namoyon qilgan. Tо‘rtinchi kurs talabalarida ham xuddi birinchi bosqich talabalari natijalariga о‘xshash natijalar aks etgan. Buning asosiy sababi sifatida, birinchi bosqich talabalari о‘quv faoliyatiga moslashuv jarayonini boshdan kechirsalar, oxirgi bosqich talabalari esa, о‘quv faoliyati yakunida nimalarni о‘zlashtirgani vakelajakda munosib kasb egallay olishi bilan bog‘liq xavotir kabi omillar ustunlik qilayotganligidan darak beradi, 1-rasmga qarang



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin