Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03


-jadval. Talabalarning stressga barqarorlik darajasi kо‘rsatkichlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə10/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

2-jadval.
Talabalarning stressga barqarorlik darajasi kо‘rsatkichlari,
N.V.Kirsheva va N.V. Ryabchikovalarning «Stressga barqarorlikni aniqlash» metodikasi asosida, n=417



TG, n=242

NG, n=175

T

о‘g‘il

%

Qiz

%

M
(vil)

%

о‘g‘il

%

qiz

%

M
(vil)

%




1-kurs

48,9

90,6

50,5

93,5

49,7

92,0

49,5

91,6

51,5

95,3

50,5

93,5

1,67

2-kurs

42,5

78,7

45,1

83,5

43,8

81,1

43,8

81,2

45,3

83,8

44,6

82,5

2,23*

3-kurs

40,4

74,8

43,2

79,9

41,8

77,4

41,7

77,3

43,0

79,6

42,4

78,4

1,52

4-kurs

46,7

86,5

49,1

91,0

47,9

88,8

47,8

88,5

50,0

92,7

48,9

90,6

2,31*

Izoh: * r≤0,05.

Birinchi kurs talabalarda doimiy xavotir va stressga moyillikning yuqori ekanligi, ikkinchi kurs talabalarida о‘quv jarayoniga xos stressga barqarorlik, uchinchi kurs talabalarida о‘quv jarayoniga xos, shaxsiy hayot bilan bog‘liq stress omillar hamda tо‘rtinchi kurs talabalarida bitiruv oldi imtihonlar, shaxsiy hayot bilan bog‘liq stress omillari ta’sir etgan.


Stress ta’sirida talabalarda salbiy emotsional holat va о‘quv jarayonidagi faolligi pasayishi mumkin. Shu sababli stress holatida talabalarning hissiyoti, faolligi va kayfiyatini V.A. Doskinning «SAN» metodikasi yordamida о‘rganildi. Diagnostika natijalari har bir kurs uchun alohida jadvallar shaklida ifodalangan, 2-rasmda ifodalangan.


2-rasm. Talabalarda «Hissiyot», «Faollik», «Kayfiyat» shkalalari diagnostikasi, V.A. Doskinning «SAN» metodikasi asosida
Birinchi kurs talabalarda: hissiyot shkalasi TG bо‘yicha о‘rtacha 53,0% (me’yordan past), NG bо‘yicha о‘rtacha 54,7% (me’yordan past); faollik shkalasi TG bо‘yicha о‘rtacha 56,0% (me’yordan past), NG bо‘yicha о‘rtacha 54,6% (me’yordan past); kayfiyat shkalasi TG bо‘yicha о‘rtacha 55,6% (me’yordan past), NG bо‘yicha о‘rtacha 55,6% (me’yordan past). Talabalarda moslashuv jarayoni kechayotganligi, stressga moyillik yuqoriligi va stressga barqarorlik past ekanligi ularning hissiyoti, faolligi va kayfiyatiga ta’sir etgan. Ikkinchi kurs talabalarda: hissiyot, faollik va kayfiyat shkalalari yuqoriroq natijani aks etgan. Talabalarda
о‘quv jarayoni bilan bog‘liq stresslar mavjud ekanligi ularning hissiyoti, faolligi va kayfiyatiga ta’sir etgan.
Uchinchi kurs talabalarida esa eng yuqori birliklar, ya’ni hissiyot shkalasi TG bо‘yicha о‘rtacha 71,7% (me’yoriy), NG bо‘yicha о‘rtacha 72,1% (me’yoriy); faollik shkalasi TG bо‘yicha о‘rtacha 71,9% (me’yoriy), NG bо‘yicha о‘rtacha 72,6% (me’yoriy); kayfiyat shkalasi TG bо‘yicha о‘rtacha 71,9% (me’yoriy), NG bо‘yicha о‘rtacha 72,0% (me’yoriy). Talabalarda о‘quv jarayoni va shaxsiy hayot bilan bog‘liq yuqori bо‘lmagan stresslar mavjud ekanligi ularning hissiyoti, faolligi va kayfiyati me’yoriy bо‘lishiga sabab bо‘lgan. Tо‘rtinchi kurs talabalarda ham hissiyot, faollik va kayfiyat shkalalari о‘rtachadan yuqoriroq natijani namoyon qilgan. Talabalarda stressga moyillik yuqori, stressga barqarorlik о‘rtadan past ekanligi ularning hissiyoti, faolligi va kayfiyatiga ta’sir etgan.
Stress holatida talabalarda qaysi koping-strategiyalarni qо‘llashi ularning muammoga qanday yondashishini kо‘rsatadi. Shu sababli D.Amirxanning «Koping-strategiyalar indikatori» testi yordamida talabalarda stress holatidagi koping-strategiyalari diagnostika qilindi, 3-rasmga qarang.






Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin