Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03


-rasm. Talabalarda stressni yuzaga keltiruvchi omillar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə9/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

1-rasm. Talabalarda stressni yuzaga keltiruvchi omillar

Birinchi kursda talabalarning yangi muhitga qо‘shilganligi va moslashish jarayonida ekanligi bilan izohlanadi. Ikkinchi kurs talabalarida stress omillar asosan talabalarning о‘qish jarayonidagi mas’uliyat, jumladan, imtihon oldi xavotir, uyga vazifalar, о‘qishga jiddiy munosbat omili mavjud. Uchinchi kurs talabalarida о‘qish va о‘zi egallayotgan kasbga munosabatning о‘zgarishi, turmush qurish va oilaviy muammolar omili namoyon bо‘lgan. Tо‘rtinchi kurs bitiruv oldidan imtihonlarga tayyorlanish, shu bilan birga, talabalarda о‘qish va о‘zi egallayotgan kasbga munosabatning о‘zgarishi, о‘z kasbiy taraqqiyotiga ishonchsizlik, turmush qurish va oilaviy muammolar namoyon bо‘lgan.


Talabalarning stressga moyillik darajasini diagnostika qilish maqsadida J.Teylorning «Xavotir shkalasi» testi qо‘llanildi. Ushbu test diagnostik natijalariga asosan doimiy xavotir, ichki bosim sababli shakllanuvchi stressga moyillik talabalarda qanday darajada mavjud ekanligi har bir kurs doirasida aniqlangan, 1-jadvalga qarang.


1- jadval.
Talabalarda stressga moyillik darajasi diagnostikasi,
J.Teylorning «Xavotir shkalasi» metodikasi asosida, n=417





TG, n=242

NG, n=175

T

О‘g‘il

%

Qiz

%

M (vil)

%

О‘g‘il

%

qiz

%

M (vil)

%

1-kurs

39,7

79,5

42,0

84,0

40,9

81,7

40,1

80,2

43,1

86,1

41,6

83,2

2,12*

2-kurs

24,7

49,4

23,7

47,5

24,2

48,4

24,6

49,3

23,7

47,4

24,2

48,3

1,08

3-kurs

21,6

43,2

20,2

40,5

20,9

41,8

21,6

43,2

20,9

41,8

21,3

42,5

1,24

4-kurs

32,8

65,6

31,6

63,2

32,2

64,4

33,7

67,5

32,0

63,9

32,9

65,7

2,01*

Izoh: * r≤0,05.

Birinchi kurs TGda о‘rtacha 81,7% (juda yuqori), NGda о‘rtacha 83,2% (juda yuqori) va tо‘rtinchi kurs TGda о‘rtacha 64,4% (yuqori), NGda о‘rtacha 65,7% (yuqori) talabalarida stressga moyillik darajasi yuqori ekanligi natijalardan namoyon bо‘ldi. Ikkinchi va uchinchi kurs talabalarida esa, stressga moyillik darajasi о‘rtacha ekanligini anglatmoqda.


Tо‘rtinchi kurs talabalari barcha viloyatlar bо‘yicha TG va NGda doimiy xavotir, ichki bosim va stressga moyillik yuqori ekanligi aniqlangan. Talabalarda о‘qish jarayoniga doir, xususan, bitiruv imtihonlarini topshirish, bundan tashqari о‘qishni tamomlagandan keyingi faoliyatini rejalashtirish bilan bog‘liq xavotir mavjud ekanligi bilan alohida xarakterlanadi.
Talabalarning stressga barqarorlik darajasini aniqlash maqsadida N.V. Kirsheva va N.V.Ryabchikovaning «Stressga barqarorlikni aniqlash» testi qо‘llanilgan. Ushbu testning izohiga asosan, kо‘rsatkichlarning qanchalik yuqori bо‘lishi stressga barqarorlik darajasining shunchalik quyi ekanligini anglatadi, 2-jadvalga qarang.
Birinchi kurs TGda о‘rtacha 92,0% (quyi), NGda о‘rtacha 93,5% (quyi). Ikkinchi kurs TGda о‘rtacha 81,1% (о‘rtadan biroz past), NGda о‘rtacha 82,5% (о‘rtadan biroz past). Uchinchi kurs TGda о‘rtacha 77,4% (о‘rtadan biroz past), NGda о‘rtacha 78,4% (о‘rtadan biroz past). Tо‘rtinchi kurs TGda о‘rtacha 88,8% (о‘rtadan past), NGda о‘rtacha 90,6% (о‘rtadan past) singari natijalarni namoyon etgan. Bu natijalardan kо‘rish mumkinki, oliy ta’limda tahsil oluvchi tо‘rt bosqichdagi talabalarning stressga barqarorlik darajasi standart normaga kо‘ra, о‘rtacha ekanligidan darak beradi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin