Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

F.A. Akramova
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, psixologiya fanlari doktori, dotsent


N.B. Atabayeva
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, psixologiya fanlari doktori, dotsent


Z.T. Nishanova
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, psixologiya fanlari doktori, professor
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda stress holati tufayli inson psixikasida zо‘riqishlarning yuzaga kelishi, salomatligiga hamda hayoti-faoliyatiga ziyon yetkazishiga sabab bо‘lmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, kuchli stress insonlarning jismoniy va aqliy qobiliyatiga salbiy ta’sir etib, ularning ichkilik, tamaki va boshqa zararli illatlarga bog‘liqlikni yuzaga keltirmoqda1. Bu borada kelgusi kasbiga ega bo’lishni istagidagi talabalarning ta’lim olishida yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish xulqini shakllantirish kunning dolzarb muammolaridan biriga aylantiradi, ulardagi psixologik stress holatinining dinamik о‘zgarishini ilmiy tadqiq etish masalasini dolzarblashtiradi.
Jahon taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarida talabalardagi psixologik stress holatini о‘zgarish dinamikasi va stress holatini yengib о‘tishga, stressga qarshi kurashish, stresslarni boshqarish, stressga moslashish kabi koping strategiyalarni qо‘llash, stress holatida psixik barqarorlikni saqlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada stressning boshlanishi xavotir holati bilan bog‘liq ekanligi borasidagi talqinlarga asosan, stress omillarning ta’sirini pasaytirish uchun xavotirga moyillik darajasini me’yorlashtirish muhim о‘rin egallashi, о‘quv jarayonida stresslarning fiziologik belgilaridan kelib chiqib, talabalarning о‘quv faoliyat stressini fiziologik ta’sirlar orqali me’yorlashtirishga yoʻnaltirilgan psixologik tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish zaruratini yuzaga keltirib, mazkur muammoni tadqiq etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalash, shaxs faoliyatida stress holati yuzaga kelishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilib zarur huquqiy-meʼyoriy asoslari yaratildi: «... tа’lim sifаtini yаngi bosqichgа olib chiqish»gа oid belgilаngаn vаzifаlаr аsosidа2 yoshlаrning hаr tomonlаmа intellektuаl sаlohiyаti, emotsionаl holаtlаrining rivojlаnishi uchun yаrаtilgаn shаrt-shаroitlаrni tubdаn yаxshilаshgа аlohidа e’tibor qаrаtilgаnligi, jаmiyаtimiz а’zolаri bo‘lgаn talabalik davridagilаrdа stressga barqarorlikni ta’minlash, stresslarni boshqarish kompetensiyasi va kazusli vaziyatlarda psixologik himoyani shakllantirishga oid mаsаlаlаrni ilmiy o‘rgаnish uchun zаrur аsos bo‘lа olаdi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022–2026-yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida», 2019-yil 9-oktabrdagi PF-5847-son «О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi Farmonlari, 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Qarori va boshqа me’yoriy hujjаtlаr doirаsidа belgilаngаn keng ko‘lаmli strаtegik chorа-tаdbirlаrni аmаlgа oshirishdа mаzkur dissertаtsiyа ishi muаyyаn dаrаjаdа xizmаt qilаdi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yо‘llari» ustuvor yо‘nalishi doirasida bajarilgan.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin