Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə8/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

3.2. 1875-yildagi rus-yapon kelishuvi.
Asosiy muzokaralar 1874-yilning o‘rtasida, Yaponiyaning Rossiyadagi favqulodda to‘laqonli elchisi – Enomoto Takeakining Peterburgga kelishi bilan boshlandi. U masalani hal qilish uchun ikki yechim taqdim etdi. Birinchisiga ko‘ra, Janubiy Saxalin o‘rniga Rossiya Yaponiyaga Urup orolini, uning kichik orolchalari bilan taqdim etishi va Saxalindagi yapon ko‘chmas mulklarini qoplab berishi shart edi. Ikkinchisiga ko‘ra, Yaponiyaga Kuril orollari topshirilishi kerak bo‘lgan.
Boshida, ikkala reja Rossiya tomonidan rad etildi. Ammo, Rossiya Bolqondagi muammo oqibatida masalani tezroq hal qilishga harakat qilgan, shu sababli jiddiy yon bosishga tayyor edi. Natijada, chor hukumati muzokaralarda yetarlicha qarshilik ko‘rsatmay, Janubiy Saxalinni Kuril orollariga almashtirdi.
1875-yil 7-mayda rus kansleri16 A.M.Gorchakov va yapon elchisi Enomoto Takeaki “Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi kelishuv”ni imzolashdi. Uning birinchi moddasida :
Zoti oliylari yapon imperatori o‘zi va o‘z avlodlari uchun zoti oliylari rus imperatoriga hozirda o‘ziga tegishli bo‘lgan Saxalin oroli bir qismini topshiradi… Bundan buyon, belgilangan Saxalin oroli butunlay Rossiya imperiyasiga tegishli bo‘ladi, yapon va rus imperiyalari o‘rtasidagi chegara chizig‘i Laperuza bo‘g‘ozi orqali o‘tadi” deya belgilangan edi.
Kelishuvning ikkinchi moddasida quyidagilar yozilgan:
Rossiyaga Saxalin oroliga egalik huquqi o‘rniga Butunrossiya imperatori o‘zi va avlodlari uchun Yapon imperatoriga Kuril deya nomlangan orollar guruhini topshiradi … Bu guruh o‘z ichiga quyidagi 18 orollarni, ya’ni Shumshu, Alaid, Paramushir, Makanrushi, Onekotan, Xarimkotan, Ekarma, Shiashkotan, Mussir, Raikoke, Matua, Rastua, Sredneva va Ushisir orolchalari, Ketoy, Simusir, Broton, Cherpoy va Brat Cherpoyev orolchalari, Uruplarni oladi, shu sababli Yapon va Rus imperiyalari chegara chizig‘i Kamchatka yarimoroli, Lopatkoyu buruni va Shumshu oroli o‘rtasida joylashgan bo‘g‘oz orqali o‘tadi.”
Sankt-Peterburg kelishuvining boshqa moddalariga ko‘ra, ushbu hududlar aholilariga o‘z hududlarida qolish yoki vatanlariga qaytish huquqi berildi, ammo ular, tegishli hudud berilgan davlat qaramog‘ida qolishar edi. Oxota dengizi va Kamchatka portlarida Yaponiya kemachilik, savdo va baliq ovi sohasida eng imtiyozli davlatlar bilan teng huquqqa ega bo‘ldi. Bundan tashqari, Korsakov portiga kirib kelgan yapon kemalari port to‘lovlari va soliqlardan 10 yil muddatga ozod etilgan. Aynan shu yerda yapon konsulligi ochildi. Rossiya tomon Yaponiyaga Janubiy Saxalindagi ko‘chmas mulk uchun 112 ming rubl miqdorda pul to‘ladi. Ko‘chadigan mulk uchun pul to‘lanmadi, negaki u yaponlar tomonidan to‘la-to‘kis olib chiqib ketildi.
1875-yilgi rus-yapon kelishuvi ikkala tomonda ham turli fikrlar keltirib chiqardi. Yaponiyada ko‘pchilik uni yapon hukumati katta siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan Saxalinni “kichik toshlar to‘plami”ga almashtirib yuborgan deya qabul qildi. Boshqalar, “Yaponiya o‘z hududining bir qismini boshqa bir qismiga almashtirdi” deya ma’lum qilishdi. Xuddi shunday fikrlar ruslar tomonida ham bor edi: ko‘plar, Rossiya bu hududlarni birinchi bo‘lib ochganligi sababli ularga egalik qilishi kerak deb hisoblagan.
Sankt-Peterburg kelishuvi Rossiya va Yaponiya o‘rtasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmadi va ikkala davlat o‘rtasida kelgusidagi kelishmovchiliklarni bartaraf eta olmadi. Kelishuvning tarixiy ahamiyati boshqa: u Yaponiya uchun birinchi tenghuquqli shartnoma bo‘ldi, bu esa uning shubhasiz tashqi siyosiy muvaffaqiyatidan darak edi.

Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin