Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati


II BOB. Yaponiyaning Koreyaga nisbatan siyosati



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə4/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

II BOB. Yaponiyaning Koreyaga nisbatan siyosati
1869-yildayoq Yaponiya Koreyaga ushbu mamlakatning Xitoy va Rossiya bilan bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish va uning hukumati bilan bevosita aloqalar o‘rnatish uchun bir necha diplomatik missiyalarni6 yubordi. Ammo, Koreya hukmron doiralari chet elliklarga nisbatan keskin munosabatda bo‘lishgan, shu bilan bir qatorda, g‘arb bilan faol aloqalarda bo‘lgan yaponlarga ham. Bundan tashqari, 1871-yilda yaponlar bilan aloqalarni ta’qiqlovchi qonun qabul qlingan edi. Shu sababli, 1871-yildagi yapon missiyasi ijobiy natija bermadi. Yapon hukumatida Koreyaga bostirib kirish vaqti to‘g‘risidagi fikrlar har xil bo‘lganligi sababli, Yaponiya ma’lum vaqt o‘z nazarini Ryukyu orollariga qaratdi.
Koreyani bosib olishga tayyorgarlik kam vaqt olmadi, bunga sabab – eng avvalo, Yaponiyaning siyosiy boshliqlari o‘rtasidagi jiddiy kelishmovchiliklar edi. Ivakura Tomomi boshchiligidagi kuchlar tezkor harbiy harakatlar mamlakatda o‘tkazilayotgan qayta qurishga katta zarar keltirishdan xavfsiragan, chunki bu yurishlar ko‘plab qo‘shimcha xom-ashyo talab etgan. Xom-ashyo yig‘ish, faqatgina, soliqlar, tashqi qarzlar miqdorini oshirish yoki qog‘oz pullarni muomalaga chiqarish orqaligina amalga oshirilgan, bu, shubhasiz, aholi noroziligiga olib kelar edi. Bundan tashqari, bunday harakatlar Yaponiyaning Koreyaga nisbatan o‘z rejalari bo‘lgan Rossiya va Buyuk Britaniya bilan munosabatlarini murakkablashishiga olib kelishi xavfi mavjud bo‘lgan, buning ustiga, Yaponiya Buyuk Britaniyaga qarzini qaytara olmay o‘ziga nisbatan sanksiya7 qo‘llanilishiga sabab bo‘lar edi. 1873-yilda hukumatdagi tortishuvlar shu darajada qizg‘in ediki, hatto imperatorning qo‘shilishiga olib keldi, u, o‘z navbatida, tezkor harbiy harakatlarga nisbatan qarshi fikr bildirdi. Buning natijasida urush tarafdorlari (Saigo Takamori, Eto Simpey, Itagaki Taysuke, Goto Syojiro va b.) hukumat tarkibidan chiqishdi.


2.1. 1876-yildagi Yaponiya-Koreya shartnomasi.
1875-yilda Koreya masalasi yana Yaponiya e’tibor markazida bo‘ldi. Bunga sabab, gidrografik8 tadqiqotlar bahonasida Seul shahrida joylashgan Xan daryosiga kirgan yapon harbiy kemalarining noqonuniy harakatlari bo‘ldi. Koreys quruqlik qo‘shinlari o‘t ochdi, bunga javoban, yaponlar u yerga qo‘shin tushirishdi.
Yaponiya hukumati bu vaziyatdan, shuningdek, Koreyadagi hokimiyat uchun kurash kuchayganidan foydalanib, unga Perri qabul qildirgan kabi, Koreyani kuch bilan teng bo‘lmagan shartnomani qabul qilishga majbur qildi: Kuroda Kiyotaka boshchiligidagi yapon diplomatik missiyasini 800 dengizchi va ikki harbiy kema kuzatib bordi. Bu hujjat Koreya tomonidan imzolangan ilk diplomatik shartnoma edi.
1876-yilgi tinchlik va do‘stlik shartnomasi Koreyaning Xitoyga qaram ekanligini rad etdi. 1-hukmda quyidagilar belgilangan edi:
“Koreya mustaqil davlat hisoblanadi va Yaponiya kabi suveren9 huquqlardan foydalanadi”.
Rasman bu hujjatda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqa teng deb belgilangan bo‘lsa-da, Yaponiya eksteritoriallik va konsullik huquqiga 10 ega bo‘ldi. Koreya Pusandan tashqari yana ikki portini ochishni va’da berdi, bu 1880- va 1883-yillarda amalga oshirildi. Bundan tashqari, Yaponiya ko‘plab imtiyozlarni qo‘lga kiritdi – ochiq portlarda konsullarni11 tayinlash va Koreya qirg‘oqlarida gidrografik tasvirlar olib borish.
O‘sha yilda ikki qo‘shimcha shartnoma imzolandi, ularning asosiylari savdo bilan bog‘liq bo‘lgan. Yaponiya Koreyaning savdo solig‘idan ozod bo‘ldi, u yerda yapon pulidan foydalanib, koreys pulini olib chiqish huquqini qo‘lga kiritdi, bu unga katta foyda keltirgan.
1876-yilgi kelishuv Yaponiyaning Koreyaga nisbatan siyosatini belgilab berdi – uni qaram davlatga aylantirish, ammo bu uchun hali vaqt kelmagan edi. Yaponiya Xitoy, keyinchalik Rossiya bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlardan xavfsiragan. Nima bo‘lganda ham, kelishuv yapon savdosi uchun yo‘l ochib berdi va u yerda xitoylik, koreys savdogarlarining siqib chiqarilishiga olib keldi. Yaponiya nafaqat o‘z mahsulotlari, balki chet el mahsulotlari bilan ham savdo olib borgan, negaki boshqa davlatlar Koreya bilan savdo shartnomasiga ega bo‘lmagan. Yapon mahsulotlari jahon talablariga javob bermasa-da, juda arzon edi. Bu – koreys mahalliy ishlab chiqarishini yo‘qqa chiqargan. Shu bilan birgalikda, Yaponiya mahalliy mahsulotlarni – guruch, loviya, paxta va h. k.larni suvtekin narxlarda sotib olgan, buning oqibatida narxlar ko‘tarilib, aholi holati yomonlashgan. Bularning hammasi koreyslarning yaponlarga bo‘lgan munosabatini yanada yomonlashtirdi.

Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin