Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə6/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

2.3. Koreyada yapon to‘ntarishi.
Koreyada Yaponiya tarafdorlari bo‘lgan yagona kuch – bu ko‘p sonli islohotchilar edi. Yaponiya rasman ular bilan aloqa olib bormagan, ammo bu ishni Fukuzava Yukichi, Goto Shojiro va boshqalar kabi oppozitsiya14 partiyalari, guruhlari boshliqlari orqali bajargan. Ularning ta’siri ostida, islohotchilar partiyasi Meyji islohotlarining koreyscha ko‘rinishini amalga oshirish maqsadida 1884-yilning dekabr oyida davlat to‘ntarishi o‘tkazdi.
Yaponiya bu voqealardan, allaqachon Fransiya bilan munosabatlari yomonlashgan, Xitoy ta’sirini kuchsizlantirish yo‘lida foydalandi. Har doimgidek, u o‘zini, huddiki, Koreyaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash yo‘lida harakat qilayotgandek tutdi. Vaziyatni tezlashtirish uchun yaponlar Koreyaga belgilangan kontributsiya miqdorini kamaytirishni va’da berishdi, ammo buning evaziga Seulda Xitoy kabi korxonalar ochish huquqi berilishini talab qilishdi.
Yaponiyaning Koreya ichki ishlariga faol aralashuvi yaponlarga qarshi kayfiyatni oshishiga olib keldi: xalq ko‘tarilib yapon elchixonasiga hujum qildi, bir necha zobit va askarlar o‘ldirildi, yapon savdogarlarining do‘konlari va uylari yo‘q qilindi. Mamlakatdagi tartib Xitoy qo‘shini tomonidan tiklandi, islohotchilar partiyasi boshliqlari Yapoiyaga qochishdi. Tez orada, u yerdan quruqlik qo‘shinining katta qismini o‘z ichiga olgan harbiy kemalar kuzatuvi ostida tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i – Inoue Kaoru boshchiligidagi katta elchilik missiyasi yetib keldi. Seulda kelishuv imzolandi, unga ko‘ra Koreya yaponlarni o‘ldirganlikda va ularning mol-mulkini talon-taroj qilganlikda ayblangan shaxslarni jazolash, 110 ming iyena miqdorida kontributsiya to‘lash, yapon elchixonasi qurilishiga yer maydoni ajratish, elchixona binosi va askarlar uchun qarorgoh qurishga mablag‘ ajratish majburiyatlarini oldi.
2.4. Li-Ito konvensiyasi.
Yaponiya Xitoy bilan kelishmasdan Koreya masalasini hal qila olmas edi. Shu sababli, u yerga 1885-yil boshida Ito Xirobumi boshchiligida elchilik missiyasi jo‘natildi.
Tyanzindagi kelishuvlar aprelda boshlanib, yapon siyosatining butun ikkiyuzlamachiligini ko‘rsatdi. Yaponlar Xitoyni Fransiya bilan urushayotganligi sababli, uni qiyin ahvolda qoldirmaslikka va Koreya masalasini kechiktirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Natijada, “Li-Ito konvensiyasi” nomi ostidagi kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, ikkala tomon Koreyadan qo‘shinini chiqarishga va keyinchalik, faqatgina, favqulodda vaziyatlarda, ikkala tomon xabari ostida, qo‘shin yuborishi mumkin bo‘lgan. Tyanzin kelishuvi Koreyani mustaqil deb e’lon qilmadi, ammo yaponlarga u yerda xitoyliklar bilan teng bo‘lgan huquqlar taqdim etdi. Keyinchalik, Xitoy ko‘p marotaba bu kelishuvni o‘zgartirishga harakat qildi, lekin hech qanday natijaga erisha olmadi. Kelishuv 1894-1895 yillardagi yapon-xitoy urushi boshlanguniga qadar mavjud bo‘ldi va, umuman olganda, bu urushga sabab bo‘ldi.
Tyanzin kelishuvidan keyin ko‘p yillar davomida: bir tomondan Koreya va Xitoy, ikkinchi tomondan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham keskin edi; misol tariqasida Koreya hududida telegraf simlarini o‘rnatishdagi Xitoy va Yaponiya raqobati, Yaponiyaga koreys guruchini olib chiqishdagi ta’qiq va Koreya qirg‘oq bo‘ylarida yaponlarning baliq ovlashiga bo‘lgan cheklovlarni ko‘rsatish mumkin. Yaponiyaga kelgan koreyalik islohotchilar ba’zi yapon siyosiy namoyondalari, xususan, Oi Kentaro yordamida Koreyadagi hokimiyatni qurol bilan egallash harakatlarini to‘xtatishmadi.
To‘g‘risini aytganda, Yaponiya hukumati bunday harakatlarni, katta urushga bo‘lgan tayyorgarlikka xalaqit berishi mumkin deb hisoblab, qo‘llab quvvatlamadi. Yaponiya Koreya yarimoroliga o‘zining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash uchun milliy manfaat hududi sifatida, ularni bosib olishga esa o‘zining shaxsiy mustamlaka imperiyasini shakllantirish sifatida qaragan. Koreyani egallash, Xitoyning asta-sekinlik bilan zaiflashib borishi holatida, Uzoq Sharqda yevropa davlatlari imperialistik15 raqobati ortib borayotganligi sababli dolzarb hisoblangan.
O‘sha davrda Yamagata Aritomo Yaponiyaning 90-yillar davomida Koreya va Xitoy bilan emas, balki Xitoyni o‘zaro bo‘lib olgan Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelishini oldindan aytib o‘tgan. Endilikda, Yaponiya siyosiy namoyondalari mamlakat mustaqilligi tushunchasi ostida, nafaqat suverenitet va tashqi boshqaruvdan ozodlikni, balki qit’adagi mustamlaka bosqinlarda qatnasha olish imkoniyatini tushunishgan.


Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin