Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati


Ryukyu orollarining qo‘shib olinishi



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə3/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

Ryukyu orollarining qo‘shib olinishi

Bu rejani amalga oshirishdagi ilk qadamlar 1871-yilning oxirida Yaponiya va Xitoy o‘rtasida imzolangan tinchlik, savdo va kemalar qatnovi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘ldi. Kelishuvlar davomida Yaponiya Xitoyga g‘arb davlatlari bilan o‘zi o‘rtasida bo‘lgani kabi teng bo‘lmagan shartnomani taklif etdi, ya’ni eksterritoriyalik4 huquqi, ammo u shartnoma imzolanishiga erisha olmadi. Buning ustiga, Yaponiya, hatto kuchli mamlakat uchun qulay hisoblangan holatga ham erisha olmadi. O‘z navbatida, Xitoy Yaponiyaga g‘arbga qarshi chiqish uchun birlashishni taklif etdi, ammo rad javobini oldi, chunki Yaponiyaning o‘zining rejalari bor edi.
Yapon-xitoy shartnomasi imzolangandan so‘ng, Yaponiya o‘zaro hududiy chegaralarni saqlab qolish shartiga rioya qilmay Koreya, Ryukyu orollari (Okinava) va Formoza (Tayvan) to‘g‘risidagi rejalarini amalga oshirishga kirishdi.
Qadimda Yaponiyaga tegishli bu hududlar XIX asr o‘rtasida Xitoyga vassal bo‘lgan, bu yevropa davlatlari va AQSh uchun ularning hokimlari bilan kelishishiga to‘siq bo‘lmagan. Bu holatga qaramay, Xitoyning noroziligiga e’tibor bermasdan Yaponiya 1872-yilda Ryukyuni o‘z hududiga qo‘shib oldi. Ryukyu hokimiga Tokiodan qarorgoh va kattagina boylik taqdim etildi. Yaponiya uning hamma qarzlarini to‘lab berish va u imzolangan shartnomalarga ko‘ra hamma majburiyatlarni bajarishni o‘z bo‘yniga oldi. Ammo, rasman orollar Xitoyga qaram hisoblangan, shu sababli ularning Yaponiyaga tegishli ekanligiga huquqiy tus berish uchun Xitoyning rasmiy roziligi kerak edi.


1.2. Formozuga qarshi harbiy yurish.
Bu uchun Ryukyulik bo‘lgan yapon baliqchilarining Formozada o‘ldirishi holatidan foydalanishga qaror qilingan edi. Pekinga tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i Soejima Taneomi boshchiligida yapon elchilari jo‘natildi. Tashrif uchun rasmiy sabab 1871-yilda imzolangan shartnomani ikki tomonlama tasdiqlash va unga qonuniy tus berish bo‘lgan. Ammo, asosiy maqsad Xitoy hukumatini yaponlarning Formozaga bostirib kirishiga tayyorlash edi. Soejima xitoyliklarni Yaponiya faqatgina orolning Xitoy qaramog‘ida bo‘lmagan aholisini jazolamoqchiligiga va bu harakat, har qanday holatda ham, Xitoyga taalluqli emasligiga ishontirishga urindi.
Formozaning tanlanishiga asosiy sabab, bu yerdagi harbiy to‘qnashuv – Uzoq Sharqdagi xalqaro vaziyatning eng kam darajada murakkablashishiga olib kelishi mumkinligi tahmini edi. 1874-yilda amalga oshirilgan harbiy yurishni Saigo Takamorining jiyani Saigo Sugumichi boshqargan, yurishda ishtirok etgan qo‘shin tarkibining katta qismini janubi-g‘arbiy hududlar samuraylari tashkil etgan.
Ammo, bu yurish Formoza aholisi tomonidan qarshilikka uchradi va Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya noroziligiga sabab bo‘ldi. Xitoy bilan jiddiy to‘qnashuvga tayyor bo‘lmagan va xalqaro vaziyatning murakkablashishidan qo‘rqqan Yaponiya harbiy harakatlarni to‘xtatdi va muzokaralarni boshlab yubordi, buning uchun Pekinga ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Okubo Toshimichi yuborildi.
Muzokaralar Xitoydagi britaniyalik elchi orqali olib borildi. 1874-yilda Tyanzin shartnomasi imzolandi, unga ko‘ra Xitoy hukumati Yaponiyaning Formozaga nisbatan harbiy harakatlarini tan oldi. Bundan tashqari Xitoy hukumati zarar ko‘rgan yapon oilalariga va orolda yo‘llar, jamoat binolari qurilishiga 500 ming tael (tael – tahminan iyena qiymatiga teng bo‘lgan) to‘lash majburiyatini oldi.
Olingan jarima puli Yaponiyaning Formozaga bo‘lgan yurishidagi xarajatlarining oz qismini tashkil etdi. Ammo, bu Yaponiyaga bosh maqsadiga erishishiga –Ryukyu orollarini o‘z hududiga qo‘shib olishga imkon berdi. 1879-yilda orollar prefektura5 maqomini oldi.


Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin