Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati


IV BOB. Yaponiyaning teng bo‘lmagan shartnomalarning bekor qilinishi uchun kurashi



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə9/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

IV BOB. Yaponiyaning teng bo‘lmagan shartnomalarning bekor qilinishi uchun kurashi.
Meyji hukumati o‘z faoliyatining boshidanoq, syogunat tomonidan 50-yillarda imzolangan teng bo‘lmagan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish masalasini ko‘tardi, vaholanki buni, bir yil oldin ogohlantirmay turib, 1872-yil o‘rtasigacha qilishning iloji yo‘q edi. Mamlakatning ichki hayotini tartiblashtirishdagi ilk muvaffaqiyatlardan so‘ng, hukumat xalqaro munosabatlarda tenghuquqlilik va mustaqillikka erishish zarurligini keskin his etdi.
Meyji hukumati boshliqlarining qarashlariga ko‘ra, muammoning yechimi quyidagicha bo‘lishi kerak edi:
-teng bo‘lmagan shartnomalar – buyuk davlatlar bilan ularning huquqlari asosida kelishuvlar olib borishga qodir emaslilik natijasida kelib chiqqan, bunga yapon davlat tuzumidagi va siyosatidagi farqlar sabab qilib ko‘rsatilgan edi; xususan, yapon huquqini qayta tashkilashtirish zarur bo‘lgan;
-chet elliklarga oid jinoiy va fuqarolik-huquqiy ishlarni konsullik sudlarida emas, balki aralash tarkibdagi sudlarda hal qilish kerak edi.
4.1. Ivakura missiyasi.
Eng avvalo, AQSh va yevropa davlatlari bilan yaxshi siyosiy aloqalar o‘rnatish yo‘lida harakatlar olib borilgan. 1871-yilda, u yerga tashqi ishlar vaziri Ivakura Tomomi boshchiligida elchilik missiyasi yuborildi, uning asosiy maqsadi teng bo‘lmagan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish bo‘lgan. Masala eksterritoriallik va konsullik yurisdiksiyasi17, shuningdek, bojxona to‘lovlarining yengillashuvini o‘z ichiga olgan.
Ivakura missiyasi tarkibiga turli boshqarmalardan Kido, Okubo, Ito va Inoue kabi 48 vakil kirgan. Bu elchilik tashrifi to‘g‘risida imperator yo‘llanmasida quyidagilar keltirilgan:
Hokimiyatga egalik qilish bilan birgalikda, AQSh va yevropa mamlakatlariga ergashib, ularga tashrif buyurish, ularni do‘stona maqsadlarimizdan xabardor qilish, bizlar va yuqoridagi mamlakatlar hukmdorlari o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash shart. Bir yildan kam vaqtdan so‘ng mavjud kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish vaqti keladi, va biz Yaponiyani madaniyatli xalqalar bilan bir qatorda qo‘yish, o‘z huquqlarimiz va maqsadlarimizni chegaralash uchun ularni to‘liq qayta ko‘rib chiqmoqchimiz… Ammo, Yaponiya odatlari va qonunlari boshqa mamlakatlardan farq qilar ekan, biz bu tuzatishlarni tezda amalga oshirish maqsadida emasmiz. Biz birinchi navbatda, boshqa mamlakatlar qonunlari bilan tanishib, Yaponiya qiziqishlariga va talablariga to‘liq javob bera oladiganlarini o‘zlashtiramiz, va bosqich-ma bosqich rivojlangan xalqlar bilan teng darajada bo‘lish uchun o‘zimizning boshqaruvimiz va odatlarimizni shakllantiramiz… Elchilik sayohati natijalari taqdim etilishi bilan, shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish masalasini muhokamaga qoyamiz va o‘zimizning asl niyatimizni amalga oshiramiz.”
Missiya, birinchi bo‘lib, Vashingtonga yetib keldi, u yerda uni AQSh prezidenti kutib oldi. U yerda yaponiyaliklar ilk marotaba elchilik nizomiga amal qilish kerakligi masalasiga duch kelishdi. Ularga maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lmay turib, muzokaralar olib borish mumkin emasligi ko‘rsatildi. Okubo va Ito zudlik bilan Tokyoga ularni rasmiylashtirish uchun yuborildi. Ularning Vashingtonga qaytishi bilan, amerikaliklarga 1858-yilgi shartnoma uchun o‘zgartirishlar loyihasi taqdim etildi. Yaponlar ularga bojxona mustaqilligini taqdim etilishini, konsullik huquqiy tartiboti bekor qilinishini va ular hududiga chet el harbiylari tushirilishining ta’qiqlanishini so‘rashdi. Bu yon bosishlar o‘rniga ular amerikaliklarga mamlakat bo‘ylab erkin sayohat qilishni (yopiq portlardan tashqarida ham) va chet elliklarni maslahatchilar sifatida ishga qabul qilish takliflarini taqdim etishdi. Vashington yaponlarning bu takliflarini rad etdi va, buning ustiga, ko‘proq imtiyozlar berilishini talab qildi: xususan, butun Yaponiya hududi bo‘ylab savdo qilish va u yerda ko‘chmas mulkka ega bo‘lish.
AQShga tashrif yapon siyosatining bir urinish ko‘rinishidagi harakati edi. Muzokaralar Yaponiya teng bo‘lmagan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha to‘sqinlarni ko‘rsatdi. Ilk muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan diplomatik tajriba katta ahamiyatga ega bo‘ldi va Ivakura missiyasi yapon hukumati tomonidan yuqori baholandi.

Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin