Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yaponshunoslik fakulteti “Mamlakatshunoslik” fanidan kurs ishi mavzu: XIX asrning 70- 90-yillar boshidagi Yaponiya tashqi siyosati


Xalqaro tenglik darajasiga erishish



Yüklə 78,07 Kb.
səhifə12/15
tarix06.06.2022
ölçüsü78,07 Kb.
#60722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kurs ishi.Davronov Bekzod (4) (2)(1)

4.4. Xalqaro tenglik darajasiga erishish.
Tashqi ishlar vaziri Inoue o‘rniga kelgan Okuma Sigenobu shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish muzokaralarini ikki tomonlama asosda olib borishga qaror qildi, bu esa o‘z mevasini berdi. Natijada, 1888-yilda Meksika bilan ilk, teng bo‘lgan savdo kelishuvi imzolandi. Keyinchalik, xuddi shunday kelishuvlar Germaniya, Rossiya va AQSh bilan imzolandi. Ammo ularda qo‘shma sudlar holati saqlanib qolindi, o‘z navbatida, bunday sudlar yaponlar tomonidan yomon qabul qilingan (shuning uchun bu sir saqlanayotgan edi).
Yuqoridagi mamlakatlardan farqli ravishda Buyuk Britaniya Yaponiyaga bojxona ishlarida yon bosish niyatida emas edi. Inglizlar sir saqlanayotgan bu holatni muzokaralarda o‘z o‘rnini mustahkamlash maqsadida, Yaponiyada tartibsizliklar keltirib chiqarish uchun barchaga ma’lum qilishdi. Ular bunga erishishdi: muzokaralar tashkil etilmadi. Okumaga suiqasd uyushtirildi, u oyog‘ini yoqotdi, 1890-yilning boshida bu ishni Yamagata o‘z qo‘liga oldi, u Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni tezlashtirib yubordi. Tanaffuslar bilan bu muzokaralar 1894-yilgacha davom etdi va, natijada, ingliz-yapon kelishuvi imzolandi. Shartnoma o‘z ichiga yangi bojxona tariflarini (shartnoma imzolangan zahotiyoq) va, yaponlar tomonidan ma’lum qonunlar qabul qilinishi sharti ostida, eksterritoriallik huquqi yo‘q qilinishi holatlarini oldi; shu sababli ikkinchi shart ijrosi 1899-yilgacha qoldirildi.
Buyuk Britaniya Yaponiya bilan mutlaqo teng bo‘lgan kelishuv imzolashda yetakchi o‘rinda bo‘lishi, bu uning Yaponiyaga nisbatan yaxshi fikrdaligida emas, balki u Yaponiyani Xitoyda Rossiya bilan to‘qnashtirmoqchi ekanligida edi. Yapon-Xitoy urushi boshlanishidan ikki hafta oldin imzolangan, 1894-yilgi yapon-ingliz shartnomasi orqali u Yaponiyaga agressiya uchun to‘liq erkinlik berdi.
O‘sha yilning o‘zida Tashqi ishlar vaziri Mutsu Munemitsu boshqa davlatlar bilan shartnomalarni qayta tuzishda bir qator muvaffaqiyatga erishdi va konsullik yurisdiksiyasining bekor qilinishini amalga oshirdi. Bundan farqli ravishda Yaponiyaning bojxona mustaqilligiga erishishi kechiktirildi: u 1911-yildagina amalga oshirildi. Aynan shu paytga kelib Yaponiya tarixida teng bo‘lmagan shartnomalar davri yakunlandi.


Xulosa
Yaponiyani rivojlantirish “boy mamlakat – kuchli armiya” shiori ostida o‘tkazildi, bu harbiy salohiyatni oshirishdan darak edi. O‘sha davrda Yaponiya tashqi siyosatida harbiy usullar asosiy ahamiyat kasb etgan. Rivojlanish davrida G‘arbning nafaqat texnik va madaniy yutuqlari, balki mustamlakachilik davridagi xalqaro sahnada o‘zini tutish qoidalari ham qabul qilinib, o‘zlashtirilgan. O‘sha davrda dunyoda yetakchi o‘rinda bo‘lish yoki dunyoviy darajadagi buyuk davlat maqomini olishning yagona yo‘li bu agressiv tashqi siyosat yuritib, o‘z mustamlaka imperiyasini shakllantirish edi, va, tabiiyki, Yaponiya shu yo‘ldan ketdi. Aytish joizki, 1894-yilda Xitoy bilan urush davrigacha Yaponiya hali dunyo siyosatining muhim omili bo‘lmagan, ammo u tezda rivojlanib, mahalliy katta ta’sirga ega bo‘lgan kuchga aylanayotgan edi.
Yaponiya hukumati yangi davrga kirib kelar ekan, mamlakatning mustaqilligini, uning davlat sifatidagi ahamiyatini saqlab qolgan holda dunyo hamjamiyatiga qo‘shilish dolzarb ekanligini anglab yetdi. Bu yo‘lda Yaponiya mavjud teng bo‘lmagan shartnomalarni bekor qilish va rivojlangan buyuk davlatlar qatoriga kirishni o‘ziga maqsad qilib oldi. Shubhasiz, yapon hukumati bu yo‘lda anchagina qiyinchiliklar, to‘siqlarga duch keldi. Ko‘pgina tashqi siyosiy harakatlar natijasida Yaponiya mustamlaka davlatlar bilan imzolagan teng bo‘lmagan shartnomalarni o‘z manfaati yo‘lida o‘zgartirishga erishdi va, natijada, o‘zi qudratli davlat sifatida shakllana boshladi, u o‘z hududida katta strategik ahamiyatni qo‘lga oldi. Dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan madaniy ko‘rgazmalarda yapon madaniyatining targ‘ib qilinishi uni Xitoyga qarama-qarshi ravishda Sharq ramziga aylantirdi. Endilikda g‘arb davlatlari Sharqdagi rivojlanayotgan buyuk davlat – Yaponiya haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘la boshladi. Keyinchalik, cheklovlar va teng bo‘lmagan shartnomalar bekor qilinishi Yaponiyani Uzoq Sharqdagi strategik19 ahamiyat kasb etgan yetakchi davlatga aylantirdi.
Yaponiya o‘z tashqi siyosiy yo‘nalishini o‘ziga yaqin bo‘lgan hududlar – Ryukyu va Formozani bosib olish orqali boshlagan. Xitoy bilan imzolangan 1871-yilgi shartnomaga rioya qilmay Yaponiya birinchi bo‘lib Ryukyuni egalladi. Keyingi maqsad Formoza edi. Uning tanlanishining asosiy sababi – Formozaga bosqin Uzoq Sharqda eng kam darajada strategik ahamiyatga ega bo‘lgan. Formoza hokimiga Tokyodan qarorgoh taqdim etilgan. Bu hududlarning Yaponiya tomonidan osonlikcha bosib olinishining sababi – Xitoyning G‘arb davlatlari bosimiga uchrashi va uzoqda joylashgan hududlaridagi boshqaruvni qo‘ldan boy berishi edi.
Yaponiyaning Koreyaga nisbatan yuritgan siyosati uning ikkiyuzlamachligi ramzidir. O‘zini Koreyani qo‘llab-quvvatlagandek qilib ko‘rsatgan Yaponiya uni Xitoydan ajratib olishni o‘ziga maqsad qilgan edi. Koreyani o‘zi uchun ochish yo‘lidagi ilk qadam 1876-yilgi shartnomaning imzolanishi bo‘ldi. Uning sababi Seul yaqinida yapon harbiy kemalarining o‘qqa tutilishi edi. Keyinchalik, Yaponiya turli sabablar orqali shartnomalar yordamida Koreyani o‘z vassaliga aylantirdi.
Rus-yapon manfaatlari Janubiy Saxalinda to‘qnashdi, u yerdagi tabiiy boylik va hudud uchun bo‘lgan kurash 1872-yilda shartnoma qabul qilinishi bilan to‘xtatildi. Shartnomaga ko‘ra Janubiy Saxalin Rossiyaga qoldi, buning evaziga Yaponiyaga Kuril orollari topshirildi.
Teng bo‘lmagan shartnomalarni bekor qilish yo‘lidagi harakatlar 1871-yilda, AQShga elchilar yuborilishi bilan boshlandi. Bu safar ijobiy oqibatga olib kelmagan bo‘lsa-da, Yaponiya uchun katta tajriba bo‘ldi. 1894-yilda Yaponiya to‘liq tenglik darajasiga erishdi, bojxona mustaqilligi esa 1911-yilda amalga oshirildi.


Yüklə 78,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin