Toshkent davlat stomatologiya instituti



Yüklə 51,52 Kb.
səhifə4/9
tarix02.01.2022
ölçüsü51,52 Kb.
#37905
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zararli odatlar 7

Zararli odatlar

Zararli odatlar bolalar va ota-onalar bilan suhbatlashish, bolalarni kuzatish va tekshirish orqali aniqlanadi. Quyida bolalarda uchraydigan zararli odatlar keltirilgan:

• so'rg'ichni, bosh barmog'ni yoki boshqa barmoqni, bir nechta

barmoqlarni, tilni, labni, lunjni, yoqani, sochni, narsalarni so'rish;

• lablarni tishlash, lunj shilliq qavati, qalam va ruchkani, tirnoqni tishlash;

• yutish, nafas olish, chaynash, artikulyatsiya funksiyalarining noto'g'ri

ishlashi;

• tana, bosh, pastki jag' va tilning odatiy holatini belgilaydigan zararli reflekslar (uxlash, ovqatlanish, yurish, dars tayyorlash paytida va hk).

Zararli odatlar bosh suyagi va kalla suyagi yuz sohasi boshqa suyaklari hamda

yondosh yumshoq to'qimalarning o'sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi, TJA va deformatsiyalarni keltirib chiqaruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Ko'pincha zararli odatlar boshqa biri bilan birga bo'ladi.

Chaqaloqning ko’krakdan ajratilgandan keyin so’rg’ich so'rishi yuqori tishlarining oldinga siljishiga (protruziya) va bo’rtgan yuqori jag’ hosil bo'lishiga olib keladi.

Ko’p hollarda chap qo’ldagi bir (bosh barmoq) yoki bir nechta barmoqlarni so’rish odati bolada hayotning birinchi oylarida qoniqarsiz emish refleksi bilan, ko'krak yoki so’rg’ichdan ajratilgandan keyin paydo bo'ladi.

Oqibatlari - yuqori jag'ning old tishlari surilishi, yuqori tish qatorining torayishi,yuqori jag'dagi trema va diastema, dentoalveolyar qisqarish, jag'larning ochilib qolishi. Barmoqlarning joylashishiga qarab (egilgan ko'rsatkich barmog'ini so'rayotganda yoki bitta-ikkita barmoq og'iz burchagida joylashganida) pastki jag'ning oldinga yoki yon tomonga siljishi sodir bo'lishi, mezial yoki kesishgan prikus hosil bo’lishi mumkin. Tilning joylashishi ham o'zgaradi: uning uchi va ildizi orqa tomonga siljiydi yoki til pasayish (kaudal) holatini egallaydi. Bunday holatlarda, yuzni tekshirganda, iyak ostidagi teri yuzasida tilning quyi joylashuvini ko'rsatadigan burmalar (ikkinchi iyak) ni ko’rish mumkin. Bola so'ryotgan barmoq boshqalariga qaraganda kichikroq bo’lib qoladi, terisida qon ketishlar kuzatiladi.

Barmoqlarni so’rish singari lablarni so'rish va tishlash odati xeylitning ham rivojlanishiga sabab bo’ladi. Pastki labni so'rayotganda, lab tishlar oralig'ida joylashib, bu yuqori tishlarning vestibulyar og'ishi (protruziya) , trema hosil bo'lishi, yuqori jag'ning old qismida dentoalveolyar qisqarish, pastki jag'ning distal siljishi, pastki tishning old sohasi rivojlanishining kechikishi, uning tekislanishi, pastki tishlarning tiqilinch joylashuviga olib keladi.

Yuqori labni so'rish yoki tishlash yuqori tish tirqishlari retruziyasi va tiqilib qolishiga, yuqori tishlarning rivojlanmasligiga, pastki tishlar protruziyasi va tremalariga, pastki jag'ning oldinga chiqishiga olib keladi.

Lunjlarni so'rish, ularni og'iz ichiga tortish va tishlash yengil leykoplakiya, simmetrik yoki bir tomonlama prikus anomaliyalariga sabab bo'ladi. Lunjlarni so'rish va tilning lateral qismlarini sut molyar tishlarini erta yo'qotish oqibatida yuzaga kelgan tish qatoridagi nuqsonlarga tekkizish odati, dentoalveolyar qisqarishga va premolyarlar chiqqanidan so’ng lateral diskoklyuziya kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Tilni so’rish, tishlash va tish qatori orasiga kiritish ham okklyuziyaning buzilishiga hissa qo’shadi. Bu odat ko’pincha burundan nafas olish buzilganda shakllanadi (til tish qatori orasida joylashgan, uning ildizi oldinga siljiydi, bu esa nafas olishni osonlashtiradi). Tilning lateral qismlarini so'rish, lateral disoklyuziya hosil bo'lishiga, yakka holda lateral tishlarning erta yo'qolishiga, ikkinchi premolyar tishlarining adentiyasi yoki retensiyasiga sabab bo’ladi. Yana bir kam uchraydigan holatlardan biri bolalar tilning uchini orqa tomonga egib, uning yon tomonlarini tishlashga odatlanishadi. Ushbu bolalarda tilning gipertrofiyasi yuzaga keladi, unda bosimning ko’tarilishi pastki jag'ning o'sishini jadallashtiradi, natijada mezial okklyuziya rivojlanadi va pastki old tishlar orasida tremalar paydo bo'ladi.

Turli xil narsalarni so’rish va tishlash ham diskolyuziyalar rivojlanishiga olib keladi. Tishlar orasidagi qalam yoki ruchka tishlar protruziyasi, diastema shakllanishiga olib keladi. Pista chaqish odati tishlarning kesuvchi qirralarida o’yiqlar paydo bo'lishiga va markaziy tishlar kesuv qirrasida tekislikning buzilishiga olib keladi.

Yostiq, yostiq jildi, ko'rpa yopinchig'i burchagini, yoqani doimiy so'rish bola boshining yon tomonga burilishi bilan birga kechib, tish qatorining assimetrik shakllanishiga, uzoq davom etganda bu odat yuz assimetriyasiga olib keladi. Bolalar tomonidan doimiy ravishda saqich chaynash mushaklar gipertrofiyasini, jag'larning haddan tashqari rivojlanishini keltirib chiqaradi, tilni tishlarga bosish zararli odati esa ularning joylashishini o'zgarishiga olib keladi.

Tirnoqlarni tishlash odati asabiy, qo'rqoq, muvozanatsiz bolalarda kuzatiladi. Bu alohida tishlarda disokklyuziyani keltirib chiqaradi. Bolaning o’xlash va uyg'oqlikdagi noto'g'ri holati jag'larning rivojlanishidagi anomaliyalarga olib keladi. Baland yostiqda uxlash, o'qish, televizor tomosha qilish pastki jag'ning osilib qolishiga va mezial okklyuziyaga olib keladi. Uyqu paytida boshning to'g'ri holati – baland bo’lmagan yostiqda biroz yumshoq joylashish holatidir. Boshni ko'kragiga egib baland yostiqda uxlash odati mezial okklyuziyaning rivojlanishiga olib keladi. Yostiqsiz uxlash vaqtida bosh orqaga buriladi, bu esa distal okklyuziyaning paydo bo'lishiga olib keladi. Musht bilan yon tomondan bir holatda uxlash, lunj ostiga qo'llarning bir tomondan tirab turish jag'larning torayishiga, kesishgan prikusning rivojlanishiga olib keladi. Televizor oldida, o’yin vaqtida, rasm chizayotganda, dars tayyorlayotganda bolaning doimiy noto'g'ri holati (bo’yga mos bo’lmagan parta, stolda) boshning noto'g'ri pozitsiyasini kuchaytiradi va jag'larning, ayniqsa pastki jag'ning o'sishiga salbiy ta'sir qiladi.

Bolaning hayotiga tahdid soluvchi zararli odatlar (alkogolizm, giyohvandlik, chekish) katta yoshdagi bolalarda uchraydi, ular bolaning umumiy va stomatologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Giyohvandlikning odatiy belgilari - bu xulq-atvorning keskin o'zgarishi, reaksiyalarning noadekvatligi, ishtaha yo'qolishi, vazn yo'qotish, tomirlar bo'ylab inyeksiya izlari, shaxsiy va og'iz gigienasining yomonligi. Bemor sarxush holda bo’lishi mumkin.


Yüklə 51,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin