Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
Bu mavzuni o‘zlashtirish talabani normal anatomiya, gistologiya, fiziologiya patologik anatomiya va fiziologiya, terapevtik, jarroxlik stomatologiyasi fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi.
Mashg’ulot mazmuni
Talabalarni bolalar uchraydigan stomatologik holatlar va kasalliklar tasnifi bilan tanishtirish.
-Kasallik etiologiyasi va patogenezini o’rganish.
13.1. Nazariy kism
Lablarning qattiq jipslashishi normada lab qizil xoshiyasining shilliq qavatga o'tish chizig'i (Klein zonasi) bo'ylab sodir bo'ladi. To'g'ri jipslashuvda bolaning lablari mahkam, bemalol yopiladi. Bu holat m. orbicularis oris tarkibidagi lab fragmentlarining bir maromdagi, optimal tonusi orqali amalga oshiriladi. Uning faoilyati buzilishi oqibatida lablar noto’liq yoki noto’g’ri jipslashishi, hatto umuman jipslashmasligi mumkin. Noto'g'ri jipslashuvda bolaning lablari mahkam yopiladi, ammo jipslashuvni ta’minlashda xususiy lab mushaklari bilan birga og’iz atrofidagi qo’shimcha mushaklar, asosan iyak mushaklari ham ishtirok etadi. Ko’rikda iyakdagi ortiqcha tortishishni, iyak terisida angishvona belgisi ni, lablar Klein zonasi bo'ylab yopilmasligi (ushbu zonaning tashqarida yoki ichkarida qolishi) ni ko’rish mumkin. Noto’liq jipslashuvda tinch holatda lablar yarim ochiq holatda, umuman jipslashmaslikda esa lablarning to’la ochiqligini ko’rishimiz mumkin. Lablar jipslashishi buzilishining sabablari - og'iz orqali nafas olish, og’iz aylana mushaklari tonusining o’zgarishi (gipo- yoki gipertonus), tish-jag’ anomaliyalari (bundan keying o’rinlarda TJA), lablar mutanosibligining buzilishi, yasama so’rg’ichlarni yoki barmoqlarni so'rishga odatlanish va boshqalar. Oqibatlari - xeylit, og'iz shilliq qavati kasalliklari, old guruh tishlar kariesi, TJA.
Chaynov faoliyati ovqat hazm qilish jarayonining boshlang'ich bosqichini ta'minlaydi, chaynov faoliyatining buzilishi bilan ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari paydo bo'ladi. Bolalarda qattiq ovqatni chaynash periodontal va jag’ to'qimalarining trofikasi va rivojlanishiga, qattiq tish to'qimalarining minerallashuvi va yetilishi, tishlarni karashlardan tozalashga yordam beradi. Chaynash funksiyasini buzilishining sabablari – tishlarda karies kovaklarining mavjudligi, ikkilamchi va birlamchi adentiya, TJA va deformatsiyalar. Chaynash funksiyasi buzilishining bilvosita belgilari: bola qattiq ovqatdan bosh tortadi, uzoq vaqt va erinchoqlik bilan chaynaydi, har bir luqmani suv, suyuqlik yoki boshqalar bilan yutadi. Chaynov faoliyati Rubinovning chaynov testlari, chaynov mushaklarining miografiyasi, okklyuziografiya, vizual va instrumental ko’rikka (destruksiyaga uchragan, yo’qotilgan, tosh bilan qoplangan tishlar va prikusning yaqqol buzilinishini aniqlashga) ko'ra baholanadi. Chaynash funksiyasining buzilishi oqibatlari - bu tish kariesi, periodontal yallig’lanish, jag' o'sishi va rivojlanishining sustlashishi, TJA.
So’lak ajratish katta va kichik so’lak bezlari tomonidan ta'minlanadi. So’lak ajralishining buzilishi ajralish tezligining va bezlar hajmning pasayishi, reaktivlik va moslashuvchanlikning pasayishi, monotonlik, sekretsiyaning kamayishi bilan ifodalanadi. So’lakning xususiyatlari va tarkibining yanada muhim buzilishlariga kaltsiy va fosfat ionlari bilan to'yinganlikning, mineral va organik moddalar kontsentratsiyasining, pH va bufer sig'imining, glikolitik faollik va mikrokristallanish jarayonining pasayishi va yopishqoqlikning oshishi kiradi. So’lak funksional faolligining pasayishi, tarkibi va xususiyatlarining salbiy tomonga o'zgarishi tish kariesi, parodont va shilliq qavat kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi. So’lak ajratish funksiyasini baholash so’lak tarkibi va xususiyatlarini klinik va laborator usullar bilan tekshirish orqali amalga oshiriladi. Klinikada so’lak bezlari paypaslanib, kattaligi, va og'riq bor-yo’qligi aniqlanadi. So’lak kanallaridan so’lakning ajralish xususiyati baholanadi. Odatda, so’lak shaffof, mexanik, psixogen yoki kimyoviy ta’sirlash orqali erkin ajralib chiqadi; patologik holda so'lak ajralishi qiyin, og'riqli, so’lak xira, qon, yiring bilan aralashgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |