Ishni bajarish tartibi: 1. 3,4,5-rasmlarda keltirilgan sxemalardan biri tuziladi.
2. Kuchlanishni o’zgartira borib, uining har bir qiymatiga mos ravishda V voltmetr va A amperinetming ko'rsatishi yoki V1 va V2 voltmetrning ko’rsaiishi yozib olinadi.
3. Bu o'lchashlarga mos ravishda kondensatorning sig’imi , - formulalardan biri orqali hisoblab topiladi.
4. Berilgan sig’imi noma'lum kondensator uchun topilgan qiymallar asosida uning o'rtacha qiymati, absolut, nisbiy va o’rtacha kvadratik xato hisoblanadi.
5. Noma’lum sig'im sifatida ma’1um sig'imlardan tuzilgan kondensatorlar batareyasi olinganda ham mashq 1, 2, 3, 4, 5- bandlar asosida bajariladi.
6. Sig’imi aniqlangan kondensaioming shakli va o’lchamlari aniq bo’isa, sig'im kondensatoming shakliga qarab, mos ravishda formulalar yordamida hisoblanadi va tajriba natijasi bilan taqqoslanndi.
7. Agar kondensatorlar batareyasining sig'imi o'lchanayotgan bo'lsa, batareyaning qanday tuzilganligiga qarab, uning sig'imi ketma-ket yoki parallel ulash formulalari bilan bisoblanadi va tajribada olingan qiymat bilan laqqoslanadi.
2- mashq. O'zgaruvchan tokda ishlaydigan ko'prik sxemasi yordamida kondensatorning sig'imini aniqlash
Ishning maqsadi: tajribada ko'prik sxemasi yordamida noma’lun kondensatorning sig'imini aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: Telefon. 2. Kondensatorlar magazini. 3. Reoxord (darajalangan reostat yoki ikkita qarshiliklar magazini). 4. Zummer yoki tovush generatori. 5. Akkumulator. 6. Kalit. 7. Sig'imi aniqlanishi kerak bo'lgan kondensator.
Nazariy ma’lumotlar: Ushbu maqsad uchun faydalaniladigan elektr sxema o’zgamas tokda ishlaydigan ko'prik sxemadan koprikning tkkita yelkasiga qarshilik o'rniga kondensator ulanishi bilan farq qiladi. Sxemaning (rasm) qamma-qaishi uchlariga (masalan, A va B) o'zgaruvchan tok generatori, qolgan ikkita uchlariga (V va G) o'zgaruvchan tok indikatori, masalan, telefon ulanadi. Bu elektr sxemadagi r1 va r2 - o 'zgaruvchan qarshiliklar, C - qarshiligi Rc bo'lgan kandensator va Cx - qarshiligi Rcx bo'lgan kondensator. r1 va r2 qarshrliklarni o'zgartirish yo'li bilan telefonda tovush eshitilmasligini ta’minlash, ya’ni ko'prikning V va G uchlaridagi potensialning amplituda hamda fazasi bir xil bo'lishiga erishish orqali kondensatoming sig'imi aniqlanadi. Bu shart bajarilganda o'zgaruvchan tok nazariyasiga ko'ra ko'prik yelkalari kompleks qarshiliklari uchun quyidagi munosabat o'rinli bo'tadi:
Berilganlarda ko’ra z1=r1; ; z2=r2;
Bunda . Bu kattaliklardan foydalansak,
Bundan shunday qilib, etalon kondensator (C) va qarshiliklar nisbati r1/r2 aniq bo’lsa, Cx noma’lum sig’imni aniqlash uchun formuladan foydalaniladi. Shuni aytish kerakki, ko'prikning kondensator kirgan yelkalarining aktiv qarshiliklari sig’im qarshilikka nisbatan juda kichik bo’lgani uchun uning qiymati hisoblash vaqtida e’tiborga olinmaydi (2-rasm).
Ishni bajarish tartibi: 1. 2- rasmdagi elektr sxema tuziladi. AB - reoxord yoki darajalangan reostat, r1 va r2 reoxord yoki darajalangan reostatning l1 va l2 yelkasiga mos keluvchi qarshiliklar (shuni aytish kerakki, reoxord o'rniga qarshiliklar magazinini ham olish mumkin).
2. l1=l2 yoki r1 = r2 hol uchun kondensatorlar magazinidan foydalanib. C sig'imni o'zgartiring va telefonda tovushning eng past bo’lishini ta’minlang. Bu hol uchun C kattalikni yozib oling.
3. Reoxord yoki reostatning jilgichini surib, telefonda tovush eshitilmasligini ta’minlang va bu hol uchun r1 va r2 ni yozib oling.
4. Olingan nalijalar asosida Cx1 ni - formula bo’yicha hisoblang.
5. O’lchashlarni bir necha marta takrorlab, Cx1 ning o’rtacha qiymatini toping va absolut, nisbiy va o’rtacha kvadratik xatoilikni hisoblang.
6. Ikkinchi noma’lum sig'im sifatida Cx2 ni olib, 1,2,3,4 va 5 bandlarni bajaring.
7. Topilgan Cx1 va Cx2 sig’imlarni ketma-ket yoki parallel ulab, 1,2,3,4 va 5 bandlarni hisoblang.
8. 7- bandda topilgan eksperimental natija bilan: va formulalarning to'g'ri ekanligini tekshiring.