23-ma’ruza. Halqaro va mintaqaviy standartlarni O‘zbekiston davlat standartlari sifatida qabul kilish Xalqaro standartlar iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ilg‘or texnik va ishlab chikarish tajribalarini, ilmiy-tadkikot ishlar natijalarini, iste’molchilarning keng ommasi va davlat boshqaruv organlarining talablarini o‘zida aks ettiradi. Ushbu standartlar dunyodagi ko‘pgina davlatlar uchun qoida yoki umumiy prinsiplar hisoblanadi, shuning uchun xalqaro va mintaqaviy standartlarning milliy standartlar sifatida ko‘llanishi milliy mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
SHuning uchun standartlashtirish tizimini isloh kilishda xalqaro va mintakaviy standartlarni qo‘llash ustuvor yo‘nalish bo‘lib kolishi lozim.
SHu bilan birga, xalqaro standartlarni keng ko‘lamda ko‘llash qator sabablarga ko‘ra anchayin murakab masala hisoblanadi. Bunday sabablarga milliy xavfsizlik talablari, aholining xayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligi, atrof muhit, texnologik, geografik, iklim bilan bog‘liq muammolarni kiritish mumkin. Biroq bu holatlarda ham milliy standart talablarining xalqaro standartlardan farklanishini kamaytirishga intilish kerak. Bunday konsepsiyani Evropa Ittifoki Kengashining "Evropada standartlashtirishning roli" to‘g‘risidagi 1999 yil 28 oktyabrdagi xalqaro standartlarga zid bo‘lgan milliy standartlarni, xatto xalqaro standartlar samarasiz bo‘lgan yoki qo‘yilgan Maqsadga mutanosib bo‘lmagan hollarda ham bekor qilishga chaqirgan qarori ham yaqqol tasdiqlaydi.
SHuni inobatga olish kerak-ki, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o‘rnatilgan standartlardan tashqari atamalar, o‘rov-idish, tamg‘alar yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikatsiya qilishga, muvofiqlikni baholash uchun zarur bo‘lgan sinovlar, o‘lchovlar qoidalari va usullariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan yuzlab boshqa xalqaro va evropa standartlari qabul qilingan bo‘lib, ular texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun normativ baza bo‘lib xizmat qilishi kerak.