Toshkent davlat transport universiteti «materialshunoslik va mashinasozlik» kafedrasi «mashina va mexanizmlar nazariyasi. Mashina detallari»


 Laboratoriya ishini himoya qilish bo‘yicha nazariy va amliy topshiriqlarning ishlanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix28.09.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#150413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
05.09Лаборатория кундалиги

4. Laboratoriya ishini himoya qilish bo‘yicha nazariy va amliy topshiriqlarning ishlanmasi. 


 
 
 
 


2-LABORATORIYA ISHI
MAVZU: “KO’P POGONALI SILINDRIK (VЕRTIKAL VA GORIZONTAL) RЕDUKTOR 
TUZILISHINI, GEOMETRIK KO’RSATKICHLARINI VA ULARNING KINEMATIK 
KO’RSATKICHLARINI ANIQLASHNI O’RGANISH” 
1. Ishdan maqsad. 
1. Ko’p pog’onali reduktor va ularning kinematik sxemalari bilan tanishish. 
2. O’lchov va hisob yo’li bilan ko’p pog’onali reduktordagi detal va uzellarni hamda tishli 
uzaytmalarning asosiy geometrik o’lchamlarini aniqlash. (2,3-jadvallar). 
3. Tishli uzatmaning parametrlarini o’lchash va hisoblash yo’li bilan aniqlash.
2. Nazariy qism: 
Reduktor deb, mashinaning energiya manbaidan uning ish bajaruvchi qismiga aylanma 
harakatni tezligini kamaytirib uzatishga mo'ljallangan va alohida quti (korpus) ga joylashgan tishli 
yoki chervyakli uzatmalardan tuzilgan mexanizmlarga aytiladi. Reduktorlarning o'ziga xos xususiyati 
harakatni kamaytirib uzatishdir, ya’ni ularda uzatish soni U > 1 bo'ladi. Reduktorni bu xususiyatidan 
mashina va mexanizmlarni loyihalashda keng foydalaniladi. 
Masalan, avtomobillarning tezliklar qutisi deb ataladigan reduktorlari ana shu asosda ishlaydi. 
Ma’lumki, avtomobilni joyidan qo'zg'atishda g'ildiraklardagi burovchi moment odatdagi tekis harakat 
vaqtidagi burovchi momentdan katta bo'lishi kerak va aksincha, joyidan qo'zg'olgan avtomobil 
ma’lum tezlikka ehrishgach, harakatni davom ehttirish uchun g'ildirak vallaridagi burovchi 
momentning ilgaridagidek katta qiymatga ehga bo'lishi shart emas. Shuning uchun reduktor 
vositasida etaklanuvchi valning aylanish chastotasi pog'onama-pog'ona kattalashtiriladi. Bunday 
mexanizmlar mul'tiplikatorlar yoki tezlatuvchilar deb ataladi. Ularda uzatish soni har doim U<1 
bo'ladi.
Reduktorlar bir-biridan vallarining joylashishi, o'lchami, uzatish soni hamda tuzilishi bilan farq 
qiladi. 
Reduktor vallarining fazoda o'zaro joylashishiga ko'ra gorizontal va vertikal bo'ladi. 
Reduktorlar pog'onalar soniga ko'ra bir (1, 2, 3, 4, 12,13, 14, 16-rasmlar), ikki (5, 6, 7, 8, 9, 10, 
11, va 15-rasmlar) va ko'p pog'onali bo'lishi mumkin. Ko'p pog'onali reduktorlar uning birinchi vali 
hamda oxirgi valining aylanishlar soni bir-biridan juda katta farq qilganda ishlatiladi. 
Reduktorlar undagi uzatmaning turiga ko'ra silindrsimon (1, 2-rasmlar), konussimon (3, 4-
rasmlar), chervyakli (12, 13, 14-rasmlar) hamda aralash, ya’ni silindrik-konussimon (10, 11-rasmlar), 
silindrik-chervyakli (15-rasm) turlariga bo'linadi.
Sanoatda cilindrik tishli g'ildirakli reduktorlar eng ko'p ishlatilib, uning tuzilishi va tayorlanishi 
oddiy, chidamliligi yuqori. Odatda uzatish soni U ≤ 6,3 bo'lganda bir pog'onali, U ≤ 40 bo'lganda ikki 
pog'onali, hamda U ≤ 400 hollarda uch pog'onali reduktorlardan foydalaniladi.
Reduktorlarning og'irligi va tashqi o'lchamlari asosan uzatish soni qiymatini uzatma 
pog'onalari bo'yicha qanday taqsimlanishiga bog'liq. Bunda yetaklanuvchi g'ildirak diametrlari bir xil 
bo'lgan reduktorlarning ko'rsatkichlari yuqori bo'ladi, chunki bunday reduktor g'ildirak tishlarini 
moylash oson. 
Reduktorlarda birinchi pog'ona yuklanishi nisbatan kam bo'lganligi uchun, yetaklanuvchi 
g'ildirak diametrlarini bir hilligini ta’minlash uchun uzatish sonining qiymatini ikkinchi pog'onaga 
nisbatan kattaroq qilib olish tavsiya etiladi, tish eni koeffitsienti 
ψ
ba
-ning qiymati esa ikkinchi 
pog'onada katta bo'ladi. 
Ikki pog'onali reduktorlardan eng ko'p ishlatiladigani g'ildiraklari ketma-ket joylashgan 
reduktorlardir (5-rasm). Bu reduktorlarning tuzilishi oddiy, biroq g'ildiraklarning tayanchlarga 
nisbatan nosimmetrik joylashganligi yuklanishnng tishlar uzunligi bo'ylab notekis taqsimlanishiga 
sabab bo'ladi. Natijada g'ildiraklarning va tayanchlarning ishlash sharoiti yomonlashadi. Bu holatni 
bartaraf qilish maqsadida g'ildiraklarni tayanchlarga nisbatan simmetrik joylashgan reduktorlardan 
foydalaniladi. 
Reduktor uzunligini kamaytirish maqsadida o'qdosh reduktorlardan (6-rasm) foydalanish 
tavsiya etiladi. Bunday reduktorlarning asosiy kamchiligi, ayrim val tayanchlarining reduktor ichida 
joylashtirilishidir. Bu birinchidan, konstruktiv jihatdan noqulay bo'lsa, ikkinchidan, tayanchlarning 
holatini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. 


Agar uzatish soni 
U ≤ 
6,3 bo'lib ehlektrodvigatelga ulanadigan val bilan ish bajaruvchi qismiga 
harakat uzatadigan vallar o'zaro perpendikulyar holatda joylashgan bo'lsa, konussimon g'ildirakli 
reduktorlardan (3, 4-rasmlar) foydalaniladi. 
Vallari o'zaro tik bo'lgan reduktorlar uzatish sonining kattaroq bo'lishi talab etilsa, konussimon 
va silindrik g'ildiraklardan tashkil topgan ko'p pog'anali reduktorlardan foydalaniladi (10, 11-
rasmlar). Bunda reduktorning konussimon g'ildiraklardan tashkil topgan qismini birinchi pog'anaga 
joylashtirish tavsiya ehtiladi. 
O'qlari o'zaro ayqash joylashgan chervyak va chervyakli g'ildirakdan iborat uzatma maxsus 
korpus ichiga joylashtirigan bo'lsa chervyakli reduktor deyiladi (12, 13, 14-rasmlar). Bunday 
reduktorlarning afzalligi bir pog'anali uzatmada katta uzatish sonini ta’minlash bo'lib, kinematik 
uzatmalar uchun U=500 gacha, quvvat uzatmalarda uchun U = 8...120 bo'lishi mumkin. 
Reduktorlarda ishlatiladigan vallarning qattiqligi termik ishlov berish yo'li bilan HB 270...300 
ga etkaziladi. Diametri 80 mm gacha bo'lgan vallarni 45 markali po'lat materiallardan, diametri 
80...125 mm bo'lgan vallarni 45HC; 40HN4 35KHM markali po'lat materiallardan tayyorlash tavsiya 
etiladi. Vallarning tayanchlari sifatida asosan dumalash podshipniklaridan foydalaniladi. Yengil va 
o'rtacha yuklanish bilan ishlaydigan reduktorlardagi val tayanchlarida esa rolikli podshipniklar 
ishlatiladi. 
Reduktorlarning tishli g'ildiraklari albatta moylab turilishi zarur. Buning uchun reduktorning 
karter deb ataladigan pastki qismiga moy quyib qo'yiladi. Moyning sathi tez harakatlanuvchi pog'ana 
g'ildiraklari uchun 2h bo'ladi (bunda h - tish balandligi). Sekin aylanuvchi pog'ana uchun etaklanuvchi 
g'ildirak radiusining 1/3 qismi moyga botirilgan bo'lishi kerak. Buni ta’minlash uchun odatdagi 
reduktorlarda har bir kVt quvvatga mo'ljallab 0,4...0,7 litr miqdorda moy quyiladi. 
Raduktorlar mashinasozlikning har xil sohalarida keng ko’lamda ishlatiladi. Shuning uchun 
ularning kinematik sxemalari va tuzilishi har xil bo’ladi.
Mavjud reduktorlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 
I. Foydalaniladigan uzatmaning turiga qarab: 

Silindrik g’ildirakli tishli uzatmali 

Konussimon g’ildirakli tishli uzatmali 

Chervyakli uzatmali 

Konussimon-silindrik g’ildirakli tishli uzatmali 

Silindrik-Chervyakli uzatmal

II. Pog’onalarining soniga qarab: 

Bir pog’onali

Ikki pog’onali 

Uch pog’onali va h. k. 
III. G’ildiraklarning bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab: 

Gorizontal

Vertikal reduktorlar deyiladi 
Odatda uzatish soni U≤6,3 bo`lishi talab etilgan hollarda bir pog`onali reduktorlardan 
foydalanish tavsiya etiladi. Ko`pincha mashinasozlikda uzatish soni U≤40 bo`lgan ikki pog‘onali 
reduktorlar ishlatiladi. Uch pog`onali reduktorlardan esa U≤400 bo`lgan hollarda foydalaniladi. 
Ammo amaliyotda ikki pog`onali reduktorlardan eng ko`p ishlatiladigani g`ildiraklari ketma-ket 
joylashgan (5-rasm) reduktorlardir. Bunday reduktorlarning afzalligi ularning oddiyligidir. Quyida 
(5-rasm)da keltirilgan ikki pog`onali silindrik reduktor va unga tegishli ma`lumotlar bilan tanishib 
chiqamiz. 
O`rganilayotgan ko`p pog`onali reduktorlarning tuzilishi bilan tanishib chiqish va ularni 
aniqlash. 
Tishli uzatmalar parametrlarini o`lchash va hisoblash yo`li bilan aniqlash uchun o`rgailayotgan 
ko`p pog`onali reduktorlarning tuzilashini to`liq o`rganib bo`lingandan so`ng 3-jadvalda talab 
qilingan ma`lumotlarni topamiz.
Buning uchun jadvalda so`raglan uzatish soni 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin