Toshkent davlat Transport universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Jalolov Quvonchbek TVV-732

Filtlar va quritgichlar
Sovutish mashinasi zang, qum va boshqalar bilan ifloslanishi mumkin. ifloslanishga sabab quyma detallarni zavodda yetarli darajada tozalanmaganligi, o`rnatish va ta’mirlashdan so`ng yuzalarni yaxshi yuvilmaganligi, ekspluatatsiya talablarini buzilishi (mexanik aralashmali sovutish agentini quyish, iflos moy quyish) bo`lishi mumkin.
Sovutish mashinasi ishlayotganda mexanik iflosliklarni tutib qolish uchun bug’ va suyuqlik truboprovodlariga o`rnatiluvchi filtr-ifloslik ushlagichlar qo`yiladi.
Bug’ filtri so`rish tomonga kompressordan oldin yoki so`rish kollektoriga yoki kompressor silindri va klapanlarini ishdan chiqishdan asraydi. Bug’ filtri silindrik korpusga o`rnatilgan filtrlovchi to`rdan iborat. Ifloslik tutgichning olinuvchi qopqog’i to`rni tozalab turish imkonini beradi. Ifloslik tutgichda bug’ harakat yo`nalishi o`zgaradi, bu uni iflosliklardan yaxshi tozalashga yordam beradi.
Suyuqlik filtri rostlash ventili va boshqa avtomatik jihozlardan oldin ularni to`lib qolishdan asrash uchun o`rnatiladi. Filtrlovchi to`r korpusga joylashgan, pastdan prujina bilan siqib qo`yilgan.
Olinuvchi qopqoq to`rni tozalashga imkon beradi. Filtrlar moyni tozalash uchun ham qo`yiladi.
Ammiakni filtrlash uchun po`lat to`r, freonlar uchun – mayda teshikli mis va latun to`rlar hamda asbest va boshqalar ishlatiladi.
Sovutish qurilmasiga mexanik iflosliklardan tashqari namlik (masalan, havo bilan) kirib qolishi mumkin. Agar sovutish agenti suvda erimasa, 0°C
23

dan past haroratlarda rostlash ventilida muz paydo bo`ladi.


Freonlar suvda deyarli erimaydi, shuning uchun freon sovutish mashinalarida drossellash qurilmasini muzlab qolishdan saqlash maqsadida qo`shimcha apparat – quritgich o`rnatiladi.
Quritgichlar qattiq modda (adsorbent) bilan to`ldiriladi mashinaning suyuqlik truboprovodida rostlash ventilidan oldin o`rnatiladi. Namlik yutuvchi qattiq modda sifatida silikagel, alyumogel va seolit ishlatiladi.
Quritgich maydalangan seolit bilan to`ldirilgan. Quritish patroniga kirish va chiqishda teshigi 4x0,4 mm li ruhlangan po`lat simdan tayyorlangan filtrlovchi to`r va mato qo`yilgan. Seolitli stakan va filtrlar prujina bilan siqilgan to`r karkasdan joylashgan.
Seolit g’ovak yuza orqali namlikni yutadi, lekin yutish qobiliyati asta-sekin kamaya boradi. Uning bu qobiliyatini 200°C haroratli qaynoq havo bilan quritib tiklash mumkin. Quritilgan seolit quritgichga qaynoq holda va darrov qopqoq yopiladi, aks holda u havo tarkibidagi namni yutadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin