Toshkent davlat Transport universiteti


Porshenli kompressorlarni tamirlash



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə13/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Jalolov Quvonchbek TVV-732

Porshenli kompressorlarni tamirlash.
Porshenli kompressorlarning asosiy detal va qismlari. Silindr konstruksiyalari kompressorning bosimi, unumdorligi, sxema va ishlatilish maqsadiga, silindrlarni sovutish usuli va materialiga bog’liq. 0,6 MPa bosimgacha, kichik o‘lcham va oddiy formalarda esa 20 MPa gacha silindrlar cho‘yandan yasaladi. 0,6 dan 30 MPa bosimlarda (kichik o‘lchamli kompressorlar) po‘lat quyma quyiladi. Suv rubashkali cho‘yan silindrli ikki uch qavat devorli qilinadi.
Porshenlar. Porshenlar ochiq, diskli va differensial (bosqichli) qilib ishlanadi. Ochiq porshenlar kreyskopfsiz kompressorlarda ishlatiladi. Kompressor ishlaganda shatunga ta’sir etuvchi kuchning normal tashkil etuvchisi porshenni silindr sirtiga siqadi. Normal tashkil etuvchining maksimal qiymati siqish boshiga to‘g’ri keladi.
Ochiq porshenlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari odatda to‘rtta halqali qilinadi. Ulardan ikkitasi, siqish hajmiga yaqin joylashganlari, zichlovchi, qolganlari moy oluvchi halqalardir. Moy olish halqalarining vazifasi silindrga karterdan keluvchi moyni olishdir.
Porshen kichik massali bo‘lish kerak. Porshenlar alyumindan hamda yengillashtirilgan konstruksiyali cho‘yandan yasaladi. Porshen tubi dumaloq plitani hisoblagandek hisoblanadi.
Differensial porshenlar yaxlit va payvandlab yasaladi. Gorizontal kompressorlar uchun past va yuqori bosim porshenlari qotishma (babbit) dan qo‘yilgan. Murakkab differensial porshenlar konstruksiyalarida silindr o‘qlarida alohida-alohida porshenlar o‘rnatiladi.
Porshen halqalari. Porshen halqalari kesiqli qilib qulfli ishlanadi – erkin holatda halqa diametri silindr diametridan bir necha marta kichik. Shuning uchun silindrga qo‘yilgan halqa uning devorlariga bosim bilan ta’sir etadi.
27
Halqaning ichki konturi bo‘yicha ta’sir etuvchi gaz bosimi halqa oldidagi bosimga taxminan teng. Porshen ariqchasiga halqa erkin kiradi, ular orasidagi tirqish juda kichik bo‘ladi. Kompressor ishlaganda, halqa ikki tarafidagi bosimlar farqi tufayli ariq orasiga siqilib qoladi. Nozichlik tufayli yo‘qotuvlarning asosiy ulushi halqa qulfiga to‘g’ri keladi. Porshendagi halqalar soni bosimga bog’liq:
Bosim, MPa Halqa soni, ta
0,5 2-3
0,5-3 3-6
3-12,0 6-12
12-35,0 12-24
Aylanish chastotasi ortganda gaz yo‘qotuvi kamayadi. Shuning uchun yuqori chastotali kompressorlarda halqalar soni kam. Birinchi halqalar bosim farqining asosiy ulushiga duch keladi. Halqa qulfi to‘g’ri, 45º yoki 60º qiya burchak ostida bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin