11
Yo’lovchi vagonlarni elektr jihozlarini ta’mirlash sexining vazifasi va tarkibi
Issiqlik almashinish apparatlari
Sovutish mashinasining asosiy issiqlik almashinish apparatlariga kondensatorlar, suyuq muhitlarni sovituvchi bug’latgichlar va kamera sovutish asboblari (kamera batareyalari va kamera sovitgichlar) kiradi. Issiqlik almashinish apparatlariga quyidagi talablar qo’yiladi: issiqlik uzatishning jadalligi, issiqlik oqimi birligiga to`g’ri keluvchi metall sarfining ozligi, konstruksiyasining sodda va ixchamligi, ishlatishda xavfsizligi va qulayligi, apparatni iflosliklardan tozalash osonligi, tashish va o`rnatishning qulayligi arzonligi.
Kondensatorlar
Kondensator issiqlik almashinish apparati bo`lib, unda sovutish agentining bug’lari atrof muhit (havo yoki suv) vositasida issiqlik olinishi natijasida soviydi va kondensatsiyalanadi.
Sovituvchi muhit turiga ko`ra havo bilan, suv bilan va suv-havo bilan sovituvchi kondensatorlar mavjud.
Suv bilan sovutiluvchi kondensatorlarda issiqlik almashinish jadal boradi, ular ixcham kontruksiyali. Lekin amaliyotda havo bilan sovutiluvchi kondensatorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir (o`rnatish, ishlatish sodda, oson va suv iqtisod qilinadi).
Kondensatorlarda issiqlik sovutish agentidan sovutuvchi muhitga ularni ajratuvchi devor orqali uzatiladi. Vaqt birligida uzatilayotgan issiqlik miqdori, ya’ni kondensatordagi issiqlik oqimi quyidagi formuladan aniqlanadi.
12
Issiqlik berish jadalligi koeffitsiyenti α bilan xarakterlanib ko`pgina faktorlarga, jumladan muhitning fizik xususiyatlariga harakatlanish xarakteri va tezligiga bog’liq (kondensatorda suvning harakatlanish tezligi 1-2 m/s, havoniki – 3-6 m/s).
Kondensatorlarda issiqlik berish koeffitsiyenti suv uchun α=3500/4600 Vt/(m2K), havo erkin harakatlanganda va α=1,6-12 Vt/ (m2K) va majburiy harakatlanganda α=20-60 Vt (m2K)ni tashkil etadi.
Kondensatsiyalanishda sovutish agentining issiqlik berish koeffitsiyenti kondensatning hosil bo`lish xarakteriga va uning issiqlik almashinish yuzasidan oqib tushish tezligiga bog’liq. Devorda suyuqlikning paydo bo`lishiga ko`ra plyonkali, tomchili va aralash kondensatsiya mavjud. Sovutish qurilmalarining apparatlarida sovutish agenti plyonkali kondensatsiyalanadi.
Apparat yuzasidagi suyuqlik plyonkasi issiqlik almashinishga bo`lgan termik qarshilikni oshiradi, shuning uchun uni yuzadan tezda yo`qotish kerak.
Agar bug’ tarkibida havo mavjud bo`lsa, kondensatsiyalanishda issiqlik berish koeffitsiyenti sezilarli kamayadi. Bunda devorning sovuq yuzasida havo bug’ qatlami hosil bo`ladi. Bu qatlamda bug’ miqdori asosiy oqimdagiga nisbatan kam, chunki bu qatlamdan bug’ apparatining sovuq yuzasiga kondensat ko`rinishida tushadi.
Havo-bug’ qatlami bug’ning kondensatsiyalanish yuzasiga tomon harakatlanishiga va issiqlikning o`tishiga to`sqinlik qiladi, natijada kondensatorda kondensatsiyalanish harorati va bosimi oshadi.
Issiqlik berish koeffitsiyentining qiymatlari quyidagicha: sof ammiak uchun α=7500-10500 Vt /(m2K), ammiak va havo aralashmasi uchun issiqlik
13
oqimining zichligi qF=5800-17500 Vt/(m2K) bo`lganda (havo hajmining 5%ni tashkil etganda) α=4500-5800 Vt/ (m2K).
Devorning bir tomonidagi issiqlik berish koeffitsiyenti ikkinchi tomonidan kichik bo`lganda issiqlik uzatish koeffitsiyentining qiymati kichik qiymatli issiqlik berish koeffitsiyentiga yaqin bo`ladi. Bu holda kichik qiymatli issiqlik berish koeffitsiyenti tomonidan yuzani oshirish (qovurg’ali yuza) bilan issiqlik almashinishni jadallashtirish mumkin.
Qovurg’alarni devor bilan yaxlit qilib yoki alohida tayyorlab so`ngra truba yuzasiga zich qilib o`rnatish mumkin. Qovurg’alar o`rnatilganda ular bilan devor oralig’ida tirqishlar qolmasligi zarur, aks holda ularning tutashuv yerida katta termik qarshilik paydo bo`ladi. Kondensatorning issiqlik unumdorligi faqatgina issiqlik uzatish koeffitsiyenti bilangina emas, balki issiqlik oqimining zichligi bilan ham xarakterlanadi: q=kӨm
Uning o`rtacha haroratlar farqini grafikda asoslari o`zaro teng, yon chiziqlar sovutish agenti va sovutuvchi muhit haroratlarining F yuza bo`yicha chiziqlariga teng bo`lgan to`g’ri to`rtburchak balandligi orqali ifodalasa bo`ladi.
Sovutish agentining haroratini o`zgarmas va kondensatsiya haroratiga teng deb olinadi, chunki kondensatsiyalanish apparatining barcha yuzasida kuzatiladi. Issiqlik almashinish jarayonida sovutuvchi muhit harorati egri chiziq bo`yicha o`zgaradi, shuning uchun o`rtacha logarifmik haroratlar farqini aniqlash lozim:
Dostları ilə paylaş: |