Toshkent davlat Transport universiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə7/16
tarix16.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#114711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Jalolov Quvonchbek TVV-732

Bug’latgichlar
Bug’latgichlar – suyuq muhitlardan issiqlik qabul qilish hisobiga qaynovchi sovutish agentligi uchun mo`ljallangan issiqlik almashinish apparatlaridir. Sovutiluvchi muhit turiga ko`ra bug’latgichlar quyidagi turlarga bo`linadi: suyuq sovuqlik tashuvchilarni – suv, namakob yoki boshqa muzlamaydigan
14
suyuqliklarni sovutish uchun va kamera havosini bevosita sovutish uchun batareyalar (havo erkin harakatlanuvchi) hamda havo sovutgichlar (havo majburiy harakatlanuvchi).
Sovutish agenti bilan to`ldirilish darajasiga ko`ra bug’latgichlar quyidagi turlarga bo`linadi: sovutish agentining ma’lum bir sathi ushlab turiluvchi “cho`ktirilgan bug’latgichlar” va bu sath mavjud bo`lmagan “cho`ktirilmagan” yoki “quruq” bug’latgichlar.
Bug’latgichdagi sovutish agenti sovutiluvchi muhitdan issiqlikni devor orqali qabul qiladi.
Bug’latgichdagi issiqlik uzatish jadalligi sovutiluvchi muhit (havo, namakob) va qaynayotgan sovutish agenti tomonlaridagi issiqlik almashinish jadalligiga hamda devorning termik qarshiligiga bog’liq.
Sovutiluvchi havo yoki namakob tomonidagi issiqlik almashinish asosan ularning tezligiga bog’liq. Bug’latgichlardagi namakob tezligi 1-2 m/s. Bug’latgichlardagi issiqlik berish koeffitsiyentining taxminiy qiymatlari: namakob uchun 600-1700 Vt/(m2.K), havo erkin harakatlangan hol uchun 6-12 Vt/(m2.K), havo majburiy harakatlangan hol uchun 14-40 Vt/(m2.K).
Sovutish agentining issiqlik berish koeffitsiyenti bug’ni hosil bo`lish xarakteriga va uni issiqlik almashinish yuzasidan olib ketilish tezligiga bog’liq.
Bug’ hosil bo`lish haroratiga ko`ra pufakchali va plyonkali qaynash turlari mavjud. Pufakchali qaynashda issiqlik uzatish yuzasida bug’ pufakchalari hosil bo`ladi. Bug’ qilish markazlari rolini yuzaning chuqurchalari, hamda yuzada oson paydo bo`luvchi gaz pufakchalari o`taydi. Plyonkali qaynashda isitish yuzasi va suyuqlik orasida bug’ plyonkasi hosil bo`ladi. Bu plyonkadan bug’ katta pufakchalar tarzida yuqoriga ko`tariladi. Bug’ plyonkasi termik qarshilikni oshirib, issiqlik almashinishni
15
yomonlashtiradi. Yuzaning katta qismi suyuqlik bilan band bo`lgani tufayli issiqlik berish koeffitsiyenti pufakli qaynashdan ancha katta.
Sovutish qurilmalari bug’latgichlarida pufakli qaynash ro`y beradi.
Bug’latgich issiqlikni yaxshi o`tkazuvchi materiallardan tayyorlanadi, lekin devorlarda turli xil iflosliklar yig’ilishi natijasida uning termik qarshiligi oshadi. Sovutish agenti yuzaga moy, namakob tomonidagi yuzaga korroziya iflosligi va namakob cho`kmalari, havo tomonidagi yuzaga suv zarralari, qirov, muz o`tiradi. Korroziyadan muhofazalash maqsadida apparatning tashqi yuzasi kraska, surik, lak va boshqalar bilan bo`yaladi. Turli xil cho`kma, iflosliklar kichik issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsiyentiga ega bo`lib, devorning termik qarshiligini oshiradi, apparatning issiqlik uzatish jadalligini pasaytiradi.
Sovutish qurilmalarining bug’latgichlarini loyihalashda sovutiluvchi namakob va sovutish agentlari haroratlari farqini o`rtacha arifmetik bo`yicha yoki ammiak bug’latgichlari uchun 4-5°C, mis nakatka trubali freon bug’latgichlar uchun 6-8 °C qilib olinadi. Havoni sovutishda haroratlar farqi 10-15 °C, ayrim hollarda bundan kichik qiymatlar olinadi (mevalarni saqlashda).

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin