Toshkent Davlat Trasport Universiteti ” “Ko’priklar va tonellar’’


Temir beton, Tovar-beton va noruda mahsulotlarni hamda metal qurilmalar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’rganish



Yüklə 12,51 Mb.
səhifə4/10
tarix29.07.2023
ölçüsü12,51 Mb.
#137985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
amaliyot hisoboti Tolibjonov Jamshid

Temir beton, Tovar-beton va noruda mahsulotlarni hamda metal qurilmalar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’rganish.
Ko‘priksozlik rivojlanishining tarixi ko‘priklarning konstruksiyalari, qo‘llanilgan sxemalari jamiyat ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi darajasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Bizning yeramiz boshlanishidan oldin yog‘och va toshning hossalaridan foydalanib ular ko‘priklar qurilishida ishlatilgan. Metallurgiya rivojlanishi bilan ko‘priklar cho‘yandan, payvandlanadigan, undan keyin esa quyilgan temirdan, uglerodli, yu qori mustahkamlikka ega legirlangan po‘latlardan qurilgan.
Hozirgi paytda o‘lchamlari va qabul qilingan dadil qarorlari bo‘yicha misli ko‘rilmagan to‘sinli va panjarali fermalardan iborat arkali, vantli ko‘priklar, oraliq uzunligi 2km dan katta osma ko‘priklar bunyod qilingan. Yaqin yillarda oraliq uzunligi 3km dan katta ko‘priklar qurilishi rejalashtirilgan. Portlandsementni, yuqori markali sementlarni ishlab chiqarish temirbeton ko‘priklarning, keyinchalik esa o‘zlarining o‘lchamlari va sxemalari bilan ajralib turadigan oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton ko‘priklar qurilishi rivojlanishiga olib keldi.
Ko‘prik inshootlari sxemalari va konstruksiyalarining rivojlanishi ularning ishonchliligini va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlovchi hisoblar nazariyasi va uslublarini ishlab chiqishni talab qildi. Inshootlar o‘lchamlarini intuitsiya orqali, empirik uslub bilan loyihalash eksperimentlar asosida ishlab chiqib tekshirilgan hisob-kitoblarni qo‘llashga almashtirildi.
Oraliq plitalar
Oraliq plitalar UTR 46.1-95 loyihasining 11-nashri va 12, 13, 14, 15-nashrlari hamda ShIFR 4281 va ShIFR 4511 bo‘yicha tayyorlanadi, ularni “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti O’zDST 2805:2013 bo‘yicha ishlab chiqqan. Palubasiz yopishni yuk ko‘taradigan devorlari g‘ishtdan qilingan, shuningdek, sinchli turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarida qo‘llash mumkin. Plitalar og‘ir betonning siqilgandagi mustahkamlik darajasining V30, V40 sinflari bo‘yicha tayyorlanadi.
Uzunligi 1,8 dan 14,38 metrgacha va eni 1m va 1,2m, balandligi 22sm, 30sm va 40sm bo‘lgan oraliq plitalari turar joy, jamoat va sanoat binolarini qurishda hamda ta’mirlashda ishlatiladi. Oraliq plitalarining bajaradigan asosiy vazifasi — inshootning yuk ko‘taradigan konstruksiyasini shakllantirish bo‘lib, shuningdek, ular binoning shovqindan saqlanishiga erishish borasida ham ma’lum darajada o‘rin tutadi.
2. Ikkinishabli stropil balkalar
Oldindan armatura bilan kuchaytirilgan balkalar bir qavatlik isitiladigan va isitilmaydigan, tomi nishabli yopilgan binolarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Osma ko‘taradigan-transport uskunaga ega balkalarning oralig‘i 6 metrni, osma transporti yo‘g‘iniki 6 va 12 metrni tashkil qiladi. Uzunligi 12 va 18 m bo‘lgan temir-beton to‘siq balkalari GOST 20372-90 bo‘yicha tayyorlanadi. Pastki qatorlarning kuchaytiruvchi armaturalari sterjenlik loyihasining A-IV: A-V va A-lllv sinflari; 15mm (diametr) K7 kanati; sinchlar va armaturaning ba’zi sterjenlari A-l; A-lll; sinflari bo‘yicha, Vr-1 simi bilan tayyorlangan. “Betomax Beton”zavodida ishlab chiqarish A-lllv (A-400) metallidan GOST 5781-82** bo‘yicha o‘zlashtirilgan. Balkalar og‘ir beton mustahkamligining V30; V40 sinflari bo‘yicha loyihalashtirilgan.


3. Yassi tom uchun stropil balkalar
Oldindan armatura bilan kuchaytirilgan balkalar bir qavatli, isitiladigan hamda isitilmaydigan, tomi yassi yoki nishabli yopilgan binolarda ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Osma ko‘tarma-transport uskunalari bor bo‘lgan balkalarning oralig‘i 6 metrni, osma transportsiz 6 va 12metrni tashkil qiladi.
Uzunligi 9 va 12 metr bo‘lgan yassi temir-beton balkalar GOST 20372-90 bo‘yicha ishlab chiqariladi.
Pastki qatorlardagi kuchaytiruvchi armatura A-IIIv sterjen sinfi loyihasi bo‘yicha qabul qilingan; sinchlar va alohida sterjenlar esa armaturaning A-I sinfi bo‘yicha; A-III; simi esa Vr-1 bo‘yicha.
4. Qovurg‘asimon plitalar
Qovurg‘asimon temir-beton yopuvchi plitalarning o‘lchamlari 3x6m, 1,5×6 metrni tashkil qiladi. Ular bir qavatli binolarning tomini yopish uchun mo‘ljallangan:
– isitiladigan va isitilmaydigan;
– gazlilik muhiti yengil- va o‘rtacha ta’sir qilish sharoitlaridagi tajovuzsiz muhitda;
– deflektorlar, zontlar, tom ventilyatorlari, yorug‘aeratsionlar va zenitli fonarlar bilan;
– oson tushirib yuboruvchi tomlarda;
– haroratning doimiy ta’siri + 50° Sdan oshmagan sharoitda;
– odatdagi sharoitlarda va seysmiklik darajasi 7,8 va 9 ball bo‘lgan xududlarda;
– qishdagi tashqi havo harorati – 40° Sdan past bo‘lmagan xududlarda;
– yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnagacha bo‘lgan ko‘prik kranlari, yuk ko‘tarish quvvati 5 tonnagacha bo‘lgan osma kranlar bilan hamda ularning yordamisiz;


5. Kolonna(ustun)lar
Kolonnalar shamol esishining tezligi va yog‘adigan qorning og‘irligi bo‘yicha I-IV geografik xududlarda quriladigan binolarda; gazsimon muhitning ta’sir ko‘rsatish darajasi tajovuzsiz, yengil- va o‘rtacha tajovuzkor bo‘lgan; GOST 25628-90 bo‘yicha yuk ko‘tarish og‘irligi 5 tonnagacha bo‘lgan osma kranlarda yoki ularning yordamisiz, hisoblangan seysmiklik darajasi 8 ball bo‘lgan sharoitlardagi qurilishlarga mo‘ljallangan; kolonnalarning olovga chidamlilik chegarasi 2,5 soatga teng. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kolonnalar yonmaydigan konstruksiyalar guruhiga kiradi.
6. “Toshkent” tizimidagi kolonnalar

9-nashr. Kolonnalar yopish oralig‘iga tushadigan yuk og‘irligi 1250 ,1600 Kgs/m²ga teng bo‘lgan balandligi 6 qavatli jamoat hamda ishlab chiqarish binolariga, gazlilik muhiti tajovuzsiz, yengil- va o‘rtacha tajovuzkor bo‘lgan sharoitlardagi seysmiklik darajasi 7,8,9 ballni tashkil qiladigan qurilishlar uchun ishlab chiqilgan, IIS-04-2 loyihasining 9.10.11.-nashrlari bo‘yicha tayyorlanadi.
10-nashr. Kolonnalar jamoat va ishlab chiqarish binolarining balandligi 6 qavatgacha bo‘lgan, yopish oralig‘iga tushadigan yuk 1250 va 1600 Kgs/m²ni tashkil qilganda, seysmiklik darajasi 9 ball bo‘lgan xududlardagi qurilishlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qavatlarining balandligi 4,2 va 4.8 m bo‘lgan yerto‘lasiz va cherdaksiz binolar uchun tayyorlanadi.

11-nashr. Kolonnalar har bir qavatining balandligi 3,3; 3,6; 4,8m, birinchi qavatining balandligi muqobil ravishda 4,2; 4.8; 6,0 m bo‘lgan binolarga, har bir qavatining balandligi 6.0 m bo‘lgan 2 qavatlik binolarga hamda qavatining balandligi 4,5 va 7,5m bo‘lgan katta zal xonalarga mo‘ljallangan.


7.Faxverkli kolonnalar
Kolonnalar shamolning esish tezligi tajovuzsiz, gazli muhiti yengil- va o‘rtacha tajovuzkor bo‘lgan ll – IV geografik xududlarda bunyod etiladigan binolarda qo‘llashga mo‘ljallangan. Kolonnalar seysmiklik darajasi 9 ballgacha bo‘lgan xududlarda, mustahkam fermalarda hamda temir-beton balkalarning oralig‘i 12 m bo‘lganda, seysmik darajasi 8 ballgacha bo‘lganda, temir-beton stropil konstruksiyalarning oralig‘i 18 va 24 m bo‘lganda ishlatiladi. Yon tomon(torets) faxverk kolonnalari chetdagi va o‘rta qatordagi kolonnalarining oralig‘i 6 va 12 m bo‘lgan binolar uchun, prodol faxverk – chet qator kolonnalarining oralig‘i 12 m, ishlab chiqarish binolardagi kolonnalarning balandligi 3 metrdan 14,4 metrgacha bo‘lgan binolarga mo‘ljallab ishlab chiqilgan. Kolonnalar 1.427.1-3 tizimining 1/87-nashri bo‘yicha yaratilgan.
Olovga chidamliligining chegarasi 2,5 soatga teng.
8.Prodol rigellar
Yig‘ma prodol rigellar seysmiklik darajasi 7;8;9 ball bo‘lgan xududlardagi ko‘pqavatli turar joy va sanoat binolari uchun mo‘ljallangan. Temir-beton rigellar IIS 20 (Moldaviya) tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan.


9.IIS-04-3 tizimi bo‘yicha temir-beton rigellar
Rigellar ko‘pqavatli sanoat va jamoat binolarining balandligi 6 qavatgacha hamda ko‘ptuynukli oraliq plitalarning balandligi 220 mm va 300 mm bo‘lsa, shuningdek, qovurg‘asimon oraliq plitalarning balandligi 300 mm bo‘lganda ishlatishga mo‘ljallangan. Rigellar kolonnalarning oralig‘i 3,0: 6,0 m bo‘lganda, yopishdagi yuk og‘irligi 1250 va 1600 kgs/m² bo‘lganda, xududning seysmik darajasi 7; 8; 9 ball bo‘lganda qo‘llanadi.
10.Zina marshlari
Temir-beton zinalar ko‘pqavatli jamoat, turar joy hamda ishlab chiqarish binolarining, har bir qavatining balandligi 3,3 m. bo‘lgan taqdirda, mahsulotlar tayyorlash uchun beton markasi m400 bo‘lishi kerakligi qabul qilingan. Tip. seriya 1.050.1-1s.


11.To‘siqlarning elementlari
To‘siq-g‘ovlarning elementlari sanoat korxonalari, energetik ob’ektlarning, qishloq xo‘jaligining va omborlarning xududlarini, shuningdek, turar joy hamda jamoat binolarini to‘sishga mo‘ljallangan.
To‘siqlarning elementlari 3.017-1 tizimlarining 1- nashrining chizmalariga binoan tayyorlanadi.
12.Elektr o‘tkazgichlar uchun tayanchlar
LEP SV110-3,5 tayanchlari hisoblangan tashqi havo harorati 65 °Cgacha bo‘lgan joylardagi elektr uzatish liniyalari inshootlariga mo‘ljallangan bo‘lib, ular EULlarning simlarini ma’lum balandlikda osib chiqishning hamda mustahkamlashning asosiy konstruktiv elementlaridan biri sanaladi.


13.To‘g‘ri burchakli temir-beton bo‘g‘in(zvenya)lar
Bo‘g‘in(zvenya)lar 3.501-104 tizimidagi ish chizmalari talablariga binoan tayyorlanadi. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun yig‘ma temir-beton quvurlar.
14.SOG blok elementi
COG markasidagi yig‘ma temir-beton mahsulotlar donni saqlash hamda qayta ishlov berish uchun quriladigan hashak inshootlarida qo‘llanadi. Yig‘ma temir-beton mahsulotlar 3.702-1 tizimining loyihasi asosida tayyorlanadi.


15.Og‘zi kengaytirilgan bosimsiz quvurlar
Dumaloq tuynukli og‘zi kengaytirilgan bosimsiz temir-beton quvurlar og‘ir betondan tayyorlanadi va o‘zi oqadigan maishiy chiqindilar hamda atmosfera oqova suvlarini tashiydigan yerosti quvur yo‘llari, shuningdek, yerosti suvlari va ishlab chiqarishning temir-betonga nojo‘ya ta’sir etmaydigan suyuqliklarini oqizishga mo‘ljallangan, rezina halqa bilan mustahkamlangan. Bosimsiz temir-beton quvurlar GOST 6482- 2011 va ShIFR 22/1-16ga muvofiq, siqilgandagi mustahkamligi V30 bo‘lgan GOST26633 sinfiga taalluqli og‘ir betondan tayyorlanadi. Quvurlar yuk ortish layoqati bo‘yicha uchta guruhga bo‘linadi: birinchisi – ustiga to‘kilgan zaminning balandligi 2 m; ikkinchisi – ustiga to‘kilgan zaminning balandligi 4 m; uchinchisi – ustiga to‘kilgan zaminning balandligi 6 m.


16.Issiqlik trassalari lotok(beton ariq)lari
Lotokli temir-beton mahsulotlari turli xil vazifalarni bajaradigan quvur yo‘llar yotqizishga, elektr kabellar hamda elektrshinalarga mo‘ljallangan. Kanallar va tonnellardan yerosti transport galereyalari hamda yo‘lovchi o‘tadigan joylarda ham foydalanish mumkin. Kanallar va tonnellar seysmiklik darajasi 7, 8 va 9 ball bo‘lgan xududlarda, cho‘kadigan zaminlarda, holati cho‘kmaydigan bo‘lgan oddiy yer sharoitlarida, yerosti suvlarining borligida ham, yo‘qligida ham ishlatish uchun loyihalangan. Lotok elementlaridan iborat yig‘ma temir-beton kanal va tonnellar 3.006.1-2.87 tizimining loyihasi bo‘yicha tayyorlanadi.


17.Irrigatsiya lotoklari
Temir-beton irrigatsion lotoklar Tsh 7.147:2007 hamda ShIFR20/1-16 ish chizmalari va qurilish materiallari va mahsulotlari sanoati majmuidagi amalda bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tayyorlanadi. Irrigatsion lotoklar beton mustahkamligining sinflanishi bo‘yicha V 22,5 (M 300)ga, armaturasi A240 (AI)ga, markasi STZ SP POST 5781ga muvofiq ishlab chiqariladi, sovutilgan holda tortilgan simining davriy profili esa, sinflanish bo‘yicha BP I GOST 6727. Betonning sovuqqa chidamlilik bo‘yicha markasi Mrz-200, suv o‘tkazmaslik bo‘yicha esa W4.
18.Yo‘l chekkasi (prikromochniy) lotoklari
Yo‘l chekkasi lotoklari yo‘ldan suvni chiqarib yuborish tizimidagi suv chiqaruvchi uskunalarning elementlarini o‘z ichiga oladi. Yo‘l chekkasi lotoklari og‘ir betondan tayyorlanadi va yo‘l qurilishi bo‘yicha O’zDST 3028: 2015ning muhim elementlaridan hisoblanadi.


19.Og‘zi kengaytirilgan parabolik LR-6 lotoklar
Parabolik qirqimi LR6 bo‘lgan og‘zi kengaytirilgan lotoklar og‘ir betondan tayyorlanadi, betonining o‘rtacha mustahkamligi 2200-2500 kg/m^3ni tashkil qiladi, ular seysmikligi 8 ballgacha bo‘lgan tumanlardagi sug‘oriladigan dehqonchilik yerlaridagi sug‘orish tizimlarining yig‘ma tarqatuvchi kanallari uchun mo‘ljallanadi.
Ishlatilish sharoitiga qarab, temir-beton parabolik lotoklar quyidagi turlarga bo‘linadi:
LR- svayalarda quriladigan, tik tayanchlar va plita lotoklari.
LRG- zaminga yotqiziladigan lotoklar.
20.Devor halqalari va tayanch halqalari
1; 1,5; 2m diametrli temir-beton devor halqalari va tayanch halqalari vodoprovod hamda kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatuv quduqlari uchun mo‘ljallangan. 3.900 tizimining chizmalariga binoan tayyorlanadi. Beton mustahkamligining sinflanishi bo‘yicha esa V15 (M-200); V22,5 (M-300).


21.Tagliklar va oraliq plitalar
Temir-beton 1; 1,5; 2 metrlik taglik va oraliq plitalari vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatuv quduqlari uchun mo‘ljallangan. Tagliklar 3.900 tizimining chizmalariga binoan tayyorlanadi. Beton mustahkamligining sinflanishi bo‘yicha esa V15 (M-200).
22.Yo‘l chekkasi uchun toshlar
Yo‘l chekkalari uchun temir-beton bordyur toshlari avtomobil yo‘llarining qatnov qismiga ham, yo‘lak(trotuar)larga ham, turar joy hamda jamoat binolarini obodonlashtirishga ham mo‘ljallab chiqariladi.


23.Sokol bloklari
Sokol bloklari yerto‘lalarning devorlari hamda texnik pol ostlari, binolarning poydevorlariga mo‘ljallangan. Ular O’zDST 778-97 bo‘yicha tayyorlanadi.
24. Tovar beton
Tovar beton – sanoat miqyoslarida ishlab chiqariladigan beton aralashma bo‘lib, ishlatishga tayyor bo‘ladi va bevosita qurilish ob’ektlariga yetkazib beriladi.
Zavodda betonning belgilab berilgan hossalariga erishishi uchun uning retsepturasiga maksimal darajada amal qilinishi ta’minlangan. Texnologik jarayonning akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan nazorat qilinishi tufayli oxir-oqibat GOSTning barcha talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqariladi.

Konstruksiyalar hisobi. Ta’sir chiziqlarini qurib bo‘lgandan so‘ng loyihalanayotgan inshoot konstruksiyalarining ishonchliligiga, uzoqqa chidamliligiga va yuqori darajadagi ekspluatatsion sifatlariga kafolat beradigan hisob-kitob amalga oshiriladi. Buning uchun ta’sir chiziqlarini me’yorlarda ko‘zda tutilgan yuklar birikmalari bilan yuklash yo‘li bilan hisobiy zo‘riqishlar aniqlanadi. ShNQ 2.05.03–12 ning 5-ilovasida bir nechta ayni yoki turli ishoralarga ega bo‘lgan ta’sir chiziqlari uchastkalarini temiryo‘l harakatchan yuk bilan yuklash qoidalari bayon etilgan.
Chidamlilikka hisoblashda yuk birin-ketin alohida o‘ngdan chapga va alohida chapdan o‘ngga harakatlanganda uning eng noqulay yuklanishidagi maksimal va minimal zo‘riqishlar aniqlanadi. Bunda avval birinchi uchastka εν1 yuk bilan yuklanadi (bu yerda ν1 – ekvivalent yuk). Undan keyin ikkinchi uchastka εν2 yuk bilan yuklanadi, bu paytda birinchi uchastka ishorasi qanday bo‘lishiga qaramasdan K yuki bilan yuklanadi. Ta’sir chizig‘ining oxirgi uchastkasi ham shunga o‘xshash ravishda ενn yuki bilan yuklanadi, undan oldingi uchastkalar esa 9,81kN/m ga teng yuk bilan yuklanadi.
Hisobiy zo‘riqishlar aniqlangandan so‘ng konstruksiyaning tanlangan kesimlarini tekshirish amalga oshiriladi. Ko‘prik konstruksiyalarining hisobi chegaraviy holatlar uslubi bo‘yicha olib boriladi. Chegaraviy holat yuz berganda inshoot ekspluatatsiyasini normal davom ettirish mumkin bo‘lmaydi deb hisoblanadi.
Me’yorlarda chegaraviy holatlarning ikki guruhi ko‘zda tutilgan.
Chegaraviy holatlarning birinchi guruhi ikki guruh osti (IA va IB) holatlariga ega:

  • IA guruh osti holatida inshoot o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotadi;

  • IB guruh osti holatida konstruksiya o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini hali yo‘qotganicha yo‘q, lekin uni ekspluatatsiya qilishning imkoni yo‘q (materialning oquvchanligi, betonda yoki metallda darzlarning paydo bo‘lishi va boshq.).

Chegaraviy holatlarning II – guruhi inshootni normal ekspluatatsiya qilishni qiyinlashtiradi, lekin uni to‘xtatishni talab qilmaydi (sezilarli siljishlar, betondagi ko‘ndalang darzlarning ruxsat etilmagan miqdorda ochilishi va boshq.)

Yüklə 12,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin