Toshkent Davlat Trasport Universiteti ” “Ko’priklar va tonellar’’



Yüklə 12,51 Mb.
səhifə7/10
tarix29.07.2023
ölçüsü12,51 Mb.
#137985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
amaliyot hisoboti Tolibjonov Jamshid

I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqaruvchi barcha turdagi korxonalar (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar korxonalarni loyihalashtirish va foydalanishda, shuningdek ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish holatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan qo‘llanishi shart.
3. Mazkur Qoidalar qonun hujjatlari, davlat standartlari, qurilish me’yorlari va qoidalari, sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-sentabrdagi 39-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1967-2, 20.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 10/19/1967-2/3776-son)
7. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi nizomga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar xamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash korxona rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.

Yüklə 12,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin