Toshkent Davlat Trasport Universiteti ” “Ko’priklar va tonellar’’


-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish



Yüklə 12,51 Mb.
səhifə8/10
tarix29.07.2023
ölçüsü12,51 Mb.
#137985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
amaliyot hisoboti Tolibjonov Jamshid

2-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish
11. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
12. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
13. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-sentabrdagi 39-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1967-2, 20.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 10/19/1967-2/3776-son)
15. Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.
16. Tibbiy ko‘riklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
17. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
18. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
19. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
20. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ma’muriyat ushbu xodimni ishga qo‘yishga haqli emas.

Yüklə 12,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin