Toshkent Davlat Trasport Universiteti ” “Ko’priklar va tonellar’’


-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari



Yüklə 12,51 Mb.
səhifə9/10
tarix29.07.2023
ölçüsü12,51 Mb.
#137985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
amaliyot hisoboti Tolibjonov Jamshid

4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
21. Korxona GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish xamda texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
22. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovlari natijalari va ish joylarini attestatsiya qilish, jumladan mehnatning og‘irligini attestatsiya qilish natijalari bilan tasdiqlanishi lozim.
23. Har bitta korxona yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
24. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bug‘, gaz, chang ko‘rinishida ajratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” bo‘yicha ruxsat etilgan eng ko‘p miqdori ko‘rsatilgan to‘liq ro‘yxati tuzilishi lozim.
25. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarni joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
5-§. Ishlovchilarni himoya qilish vositalarini qo‘llashi
26. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
27. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, erga ulash, tunukadan qilingan g‘iloflar bilan bekitish, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
28. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
29. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan ta’minlanadi.
30. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
31. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
a) amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
b) himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
v) qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
33. O‘ta xavfli ishlarga xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus o‘qitilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
34. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
 Dozatorlardan beton qorigichlarga materiallarni uzatish yo‘llarida ulangan joylar shunday mustahkamlanishi kerakki, beton qorigichlarga uzatish paytida zich ulanmagan joylardan chang chiqmasligi ta’minlanishi kerak.
35. Beton qorigichlardagi qulfning pnevmatik uzatmalari aerodinamik shovqinini so‘ndiruvchilar bilan jihozlanishi lozim.
36. Beton qorigichlar aspiratsion tizimga ulangan tortuvchi zontlar bilan uskunalanishi lozim.
37. Beton qorigichlar uzatmalarning ustki tomonida xizmat ko‘rsatish uchun qo‘zg‘almas temir maydonchalar va zinalari bo‘lishi kerak.
38. Beton qorigichlar ishlayotgan paytda kuyidagilar taqiqlanadi: beton qorigichlar ichidagi begona narsalarni olish; uzellar va mexanizmlarni sozlashni bajarish;
namunalar olis
39. Dozatorlardan beton qorigichlarga materiallarni uzatish yo‘llarida ulangan joylar shunday mustahkamlanishi kerakki, beton qorigichlarga uzatish paytida zich ulanmagan joylardan chang chiqmasligi ta’minlanishi kerak.
40. Beton qorigichlardagi qulfning pnevmatik uzatmalari aerodinamik shovqinini so‘ndiruvchilar bilan jihozlanishi lozim.
41. Beton qorigichlar aspiratsion tizimga ulangan tortuvchi zontlar bilan uskunalanishi lozim.
42. Beton qorigichlar uzatmalarning ustki tomonida xizmat ko‘rsatish uchun qo‘zg‘almas temir maydonchalar va zinalari bo‘lishi kerak.
43. Beton qorigichlar ishlayotgan paytda kuyidagilar taqiqlanadi:
beton qorigichlar ichidagi begona narsalarni olish;
uzellar va mexanizmlarni sozlashni bajarish;
namunalar olish.

 Yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish korxonalarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
44. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
45. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda xodimlarni salomatligiga yetkazilgan zararlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.

Zich va g‘ovakli beton qurilmalarini tashkil etish va texnologik jarayonlarini boshqarishda quyidagilar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak:
ishlab chiqarish xonalaridagi ishchi zonalarini metrologik sharoitlari GOST 12.1.005-88 bo‘yicha;
ishchi zonalar havosida changlarni tarkibi 6 mg/m3 dan ortiq bo‘lmasligi;
atmosferaga tashlanadigan changlangan havoni OND-86 “Atmosfera havosidagi korxona chiqazib tashlaydigan zararli moddalarni konsentratsiyasini hisoblash usuli”ga muvofiq tozalash;
materiallar uzatish yo‘lini zich yopilishi;
beton qorishmalarni tayyorlash hududlarida va ularni berishda mehnat sharoiti;
mexanizatsiyalashgan yig‘ishtirish va chiqindilardan foydalanish;
xodimlarni shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi-maxsus kiyim GOST 12.4.085-80 bo‘yicha va GOST 12.4.086-80 bo‘yicha, etiklar GOST 12.4.72-79 bo‘yicha, qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 bo‘yicha, respiratorlar ShB-1 “Lepestok” GOST 12.4.028-76 bo‘yicha, himoyalanuvchi ko‘zoynaklari GOST 12.4.013-85 bo‘yicha.
46. Uskunalarni ishga tushirish, changlanadigan materiallarni transportda tashish bir vaqtda aspiratsion tizimlarini ulash bilan bajarilishi lozim.
47. Uzatish, qayta yuklash, qorishmalarni tayyorlash va to‘kish jarayonlari uzoq masofadan boshqarilishi kerak.
48. Ish zonasi havosidagi sement changi tarkibini nazorat etish, ma’muriyat va kasaba uyushmasi tomonidan o‘rnatilgan muddatda, lekin uch oyda kamida bir marta mahalliy sanitar nazorati organlari tomonida bajarilish kerak.
177. Suvli qorishmalarni tayyorlash va dozalash uchun kompleks qo‘shimchalar ishlatilganda, har bir komponentlarga ayrim idishlar ishlatilishi lozim.
49. Kompleks qo‘shimchalar komponentini aralashtirish, suv dozatorida ularni bevosita beton qorishtirgichga uzatishdan oldin bajarilishi kerak.
50. Kimyoviy qo‘shimchali suvli qorishmalarni tayyorlash joylarida, xavfsiz ishlash va birinchi yordam ko‘rsatish qo‘llanmasi osib qo‘yilishi kerak.










Yüklə 12,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin