[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 11-iyunda 1967-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritiladi. Vazir v.b. A. XAITOV Toshkent sh. 2009-yil 8-may 19/B-son Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 8-maydagi 19/B-son buyrug‘i bilan
ILOVA Yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish QOIDALARI Oldingi tahrirga qarang. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 441-modda) qonuniga muvofiq yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-sentabrdagi 39-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1967-2, 20.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 10/19/1967-2/3776-son)