Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu
dasturni XXI asr dasturi deb baxolamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish
jarayoni g‘arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan,
Buyuk
Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini
ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz
o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingiliz tili adabiyoti,
matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa
qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy
matematik) ajratiladi.
80 yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSh dagi singari o‘rganilishi
majburiy bulgan fanlar doirasi kengaytirildi.
Ingiliz tili va adabiyoti, matematika
va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan buldi. Qolgan
predmetlarni tanlab olish o‘qvshilar va ota- onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga
ham sezilarli ta`sir etayotir.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda
tanlab olinadigan ximiya, fizika, shet tillari kiritilgan o‘quv
dasturlari ham amalga
oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida shiqib, o‘rta
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlangish maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik,
tabiiy fanlar,
mexnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamshi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinshi jahon urushida keyinoq Amerika ta`limi
yulidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator
farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan
asosiy fanlar majmui ansha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv
fakultativ
kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta`limi maktablarining yangi musiqa ta`limi
o‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham kiritilgan.
Yapon xalqida «Hamma narsa unutilganda ham ta`lim esda qoladi» degan
xikmatli gap bor. Aftidan, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi
mana shu yo‘nalish asosida qurilmokda.
Dostları ilə paylaş: