Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi.
Mikroblar olamiga hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan prokariot va eukariotlardan tashqari
hujayra tuzilish formasiga ega bo‘lmagan patogen agentlar ham kiritilgan. Bularga kiradi:
1. Prionlar
2. Virioidlar
3. Viruslar
Prionlar ( ing.so‘z proeinaceous infectious partict – oqsilsimon yuqumli bo‘lakcha).
Hujayrada normal prion oqsil strukturasi bo‘lib (PrP
c
–celluar prion protein) tarkibida nuklin
kislota tutmaydi. Normal prion oqsili nukleazlarga rezistent bo‘ladi, lekin proteaz fermentlar
ta‘sirida inaktivasiyaga uchraydi. Ularni issiq qonli organizimlardagi (odamda) 20 xromosoma
tarkibidagi prion genomi tamonidan kodlashtirilib, boshqarilib turadi. Uzoq davom etuvchi
mutasiya ta‘sirida PrR
c
gen va Pr R
Sc
ishtirokida transformasiyalanib (PrR
c
) normal prion
oqsilidan proteaz fermentlarga chidamli PrR
Sc
(screpie prion protein) patogent agentga
aylanadi. Prion oqsillari boshlang‘ich yuqumli agent sifatida (skrepi) tovuqlardan (Kroytsfeldt-
Yakoba kasalligi), katta shoxli qoramollardan (spongiko‘rinishdagi ensefalopatiya- sigir
qutirishi kasalligi) ajratib olingan.
Viruslar esa hozirgi kundagi klassifikasiyasiga asosan vira (Vira) podisholigiga kiritilgan.
Viruslar o‘ta mayda organizimlar bo‘lib, ularda hujayra tuzilishi va oqsil sintez qiluvchi
sistemasi shakillanmagan. Tarkibida bitta tipdagi nuklein kislatasi tutadi (RNK yoki DNK).
128
Qa‘tiy obligat hujayra ichida ko‘payuvchi parazitlar hisoblanib, parazitligini genetik darajada
amalga oshiradi. Shuning uchun viruslarni genetik parazitlar ham deb atashadi.
Viruslar avtonom genetik strukturalar bo‘lib, faqat viruslarga xos bo‘lgan bir-biridan
ajralgan (disyunktiv) usul bilan ko‘payadi, ya‘ni virusni nuklein kislotasi hujayrada alohida
sintez bo‘lsa, uning oqsillari boshqa joyda sintez bo‘ladi, kiyin ular har bir virus tiplariga xos
bo‘lgan joyda (yadroda, yadro membranasida, sitoplazma strukturalarida yoki sitoplazmatik
membranada) yig‘iladi.Ularning yig‘ilishida nuklein kislota oqsilni tanishi, oqsil-oqsilni tanishi
prinsiplari yotadi.Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini v i r i o n deb, huja yra
ichidagi formasini esa v i r u s deb yuritiladi.
Viruslarning morfologik va ulturastrukturasini elektron mikroskop yordamida o‘rganiladi.
Virionlar o‘lchami jihatdan mayda (22-30 nm poliomielit), o‘rta (80-120 nm gripp), katta
o‘lchamda (00-350 nm chin chechak)
bo‘lishi mumkin.Virionlarning shakli ham (rasm 30) turli ko‘rinishlarda uchraydi. Shakli
tayoqchasimon ( tamaki bargi virusi), o‘qsimon (qutirish virusi), sharsimon (gripp, paragripp,
gepatit V viruslari), ipsimon (flaviviruslar), kuboidal (chin chechak, ospa vaksina)
spermatozoidsimon
(bakteriofaglar) bo‘lishi mumkin.
Viruslar genomi gaploid ko‘rinishda bo‘lib bir tipdagi nuklein kislotadan DNK yoki RNK
iborat, lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi oltitadan birnecha yuz
genlar tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari – ikki ipli, bir ipli, chiziqli (lineyni),
xalqasimon va fragmentlangan bo‘lishi mumkin.
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar uchrab,
infeksion virus deb ham ataladi. Bu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, virusning RNK si bir
vaqtni o‘zida informasion (iRNK) vazifasini ham bajaradi.
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani bajaradi.
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang‘oya) va murakkab (kiyingan) viruslarga
bo‘linadi. Oddiy viruslarga ( shol, gepatit A), murakkab viruslarga (qizamiq, OITV, gepatit V,)
kiradi.
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i — kapsiddan iborat
(capsa- lotincha bo‘lib g‘ilof demakdir). Virionlarning kapsidlari o‘z navbatida ketma ket
keluvchi subbirliklardan iborat bo‘lib ularni kapsomerlar deb ataladi (rasm-31). Kapsomerlarni
elektron mikroskopda ko‘rish mumkin, har bir virionlar oilasi uchun kapsomerlarni soni ularga
xos xisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta , pikornoviruslar 60 ta kapsomerlar tutadi.
Nuklein kislotasi va kapsomer o‘zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab virionlarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoproteinli qobiq bilan o‘ralgan
bo‘lib –superkapsid yoki peplos deb nomlanadi (rasm-31). Superkapsid tarkibida oqsillardan
tashqari, yog‘ va uglevodlar lipo -, glikoproteinlar ko‘rinishida uchraydi. Ba‘zi viruslarda
glikoproteinlar supekapsid tarkibida tikanak ko‘rinishida (gripp, pargripp viruslarda) bo‘lishi
mumkin superkapsid ostida M, F oqsillar bo‘lib, viruslar bilan zararlangan hujayralarning bir-
biri bilan qo‘shilib ketishini taminlaydi, bu esa gigant ko‘p yadroli simplast hujayralari hosil
bo‘lishiga olib keladi va hujayralarning destruksiyasi bilan tugaydi. Bundan tashqari ba‘zi
viruslar o‘ta murakkab tuzilishlarga ega bo‘lib virusning nuklein kislotasi oqsil qobiq bilan
o‘ralgan, uning ustidan kapsid o‘rab turadi (virus mag‘izi), kapsid ustida esa virusni yana bir
ichkiy matriks oqsil qavati (M-qavat) bo‘lib u super kapsidga birikib ketadi (OITV), chin
chechak virusi tuzilishi esa prokariot hujayralariga yaqin turadi.
Virionning kapsid kapsomerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o‘rab turganda ma‘lum
simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya tiplari uchraydi: spiralsimon,
kubsimon va aralash.
Spiralsimon simmetriya ( tamaki mazaika, gripp, koronaviruslarda) vintsimon
ko‘rinishdagi nuklein kislotasini tashqaridan mustahkam oqsil subbirliklari (protomer) o‘rab
(rasm 31) turadi. Shakillangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon ko‘rinishda bo‘ladi.
Spiral tayoqchasimon simmeriya tipiga ega bo‘lgan oddiy viruslarga tamaki bargi virusi,
129
ipsimonlariga esa ba‘zi bir bakteriofaglar misol bo‘la oladi. Bu tipdagi simmetriya tutovchi
oddiy viruslar odam va umirtqali hayvonlarda kasallik keltirib chiqarmaydi.
Kubik yoki ikosaedrik simmetriya da kapsid virionni nuklein kislotasi joylashgan
ma‘lum ko‘rinishdagi izometrik tana, mag‘izni hosil qiladi. Kubsimon simmetriyada kapsid
sharsimon, ba‘zida prizmasimon shakilli kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh
(pentomer) yoki olti (seksomer) subbirliklardan tashkil (rasm 31b) topadi. Kubsimon
simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan teng tamonli burchakli kombinasiyalar yotadi.
Kubsimon simmetriyali odiy viruslar (yalang‘och) ko‘p qirrali shakilda (gepatit A,
koksaki va boshqa enteroviruslar), superkapsid bilan o‘ralgan murakkab viruslar esa, asosan
sferik shakilga ega (orta-, paramiksoviruslar) bo‘ladi. Lekin murakkab viruslarning o‘qsimon
(qutirish virusi), parallelepiped (chin chechak virusi) shakllariga ega tiplari ham bor.
Aralash simmetriya tiplari bakteriofaglarda kuzatiladi, ularning bosh qismida kubsimon,
tanasida esa spiralimon simmetriyalar uchraydi (rasm 30).
Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan virionlarni ichkiy strukturasi, ularning mag‘izi
(serdsevina) deb ataladi. Adenoviruslarda mag‘iz qismida DNK bilan bog‘langan gistonlarga
o‘xshash oqsillar uchrasa, reoviruslarda bu ichkiy kapsid oqsillidan iborat.
Viruslarning taksonomik toifalari. Virusologiyada quyidagi taksonomik toifalar
(kategoriyalar) qabul qilingan Viruslar tasnifi va taksonomiyasi yangi olingan ma‘lumotlar
asosida doimo to‘ldirilib boriladi.
Viruslar Taksonomiyasi bo‘yicha Xalqaro Tashkilot-VTXT (International Committee on
Taxonomy of Viruses-ICTV) shug‘illanadi. Bu tashkilot Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash
Tashkiloti bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Hozirgi kunda VTXT da 1550 xildan ortiq viruslar
xususiyatlari yozilgan reestr tuzilgan va ma‘lumotlar bazasi ICTV dB yaratilgan. Viruslar
taksonomiyasining zamonaviy tizimi Linney tasnifining prinsiplariga asoslanadi va quyidagi
taksonomik mezonlardan iborat: tartib, oila, oilacha, avlod, tur.
Tartib – genomning tipiga bog‘liq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va ularning
lotincha nomlanishiga ― –viralis‖ qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan Mononega viralis (bir ipli
manfiy RNK ipli).
Oila – umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega bo‘lgan viruslar guruhlaridan
(avlodlardan) tashkil topadi. Oila nomning ohiriga viridae so‘zi qo‘yiladi, masalan Poxviridae.
Oilacha- bir oilaga kiruvchi viruslarni o‘rganishda ularning umumiy evolyusion kelib
chiqishiga qarshi yangi ma‘lumotlar olingan tag‘dirda bu tokson qo‘llaniladi. Oilacha ―-virinae‖
qo‘shimchasiga ega. Masalan, chin chechak virusi oilasi 2 ta oilachaga Chordopoxvirinae
(umurtqalilarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) va Entomopoxvirinae (hashoratlarda chin
chechak ketirib chiqaruvchi) bo‘linadi.
Avlod - umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega va umumiy ko‘plab xususiyatlari
o‘xshash bo‘lgan viruslarni jamlashtiradi. Avlod so‘zi (virus) so‘zi bilan tugaydi. Masalan
Chordopoxvirinae oilachasiga 6 avlod kiritilgan, bulardan Orthopoxvirs va Parapoxvirs avlod
vakillari tibbiy amaliyotda axamiyatliroq.
Tur – viruslarning avlod ichidagi bo‘limidir. Tur bu nukleotid tarkibi o‘xshash va ma‘lum
bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig‘indisidir. Turni nomlashda-―
virus‖ qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan: chin chechak virusi, gripp virusi, Poliovirus, lekin
hamma viruslarda oila osti kategoriyasi berilmagan va bakteriyalarga o‘xshash binomenal
(qo‘sholoq) nomlash ham virusologiyada qo‘llanilmaydi.
Virusologik amaliyotda viruslar turlari kenja tur, serovariantlar, genetik variantlar,
shtamlar kabi rasmiy qabul qilinmagan ko‘rsatkichlar ham keng qo‘llaniladi.
Viruslarning tartib, oila, oilacha, avlod, turlarini aniqlashda asosiy mezonlar
quyidagilarxisoblanadi:
1.Virus genomini tashkiliy tuzilishi va turi.
2.Virus replikasiyasining strategiyasi.
3.Virionning tuzilishi.
Avlod ichida turni saralash maqsadida quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
130
- genom tarkibidagi o‘xshashlik;
- tabiiy ho‘jayini (ekologik manba);
- to‘qima va hujayralarga trapizmi;
- patogenlik va sitopatologiya;
- infeksiyaning yuqish yo‘li;
- virioning fizik-kimyoviy xususiyati;
- simmetriya tiplari;
- virusning antigenlik xususiyatlari.
Zamonaviy tasnif bo‘yicha odam uchun patogen bo‘lgan viruslar 20 ta oilaga kiritilgan.
Bulardan 13 tasi RNK genomli viruslar va 7tasi esa DNK genomli viruslar xisoblanadi (rasm
32).
Virusologiyada qo‘llaniladigan tekshiruv usullari.
D.I. Ivanovskiy chinni sham filtrlarni qo‘llab viruslar olamini kashf qildi. Elektron
mikroskopni kashf qilinishi, viruslarni ko‘rish, ularning ultra strukturalarini o‘rganishni ochib
berdi. Gradient zichliklarda o‘ta tez ultra sentrifugalarni qo‘llash orqali viruslarning tozalangan
preparatlarini olish imkoniyatini va ularning kimyoviy tarkibini o‘rganishga olib keldi.
Virusologiya fanini rivojlanishidagi asosiy omillardan biri, viruslarning o‘stirib olish usullarini
ishlab
chiqilganligi hisoblanadi. Viruslar obligat parazitlar bo‘lib, faqat tirik hujayralardagina ko‘paya
olishi mumkin.
Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklar diognostikasida zamonoviy usullar bilan
bir qatorda sinalgan turli xil viruslogik tekshirish usullari qo‘llaniladi:
- elektron mikroskapiya usuli;
- sitoskapik, immunoflyuorissent usullar;
- hujayra kulturalarida viruslarni o‘stirish va ajratib olish;
- rivojlanayotgan tovuq embirionida viruslarni o‘stirish va ajratib olish;
- gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida viruslarni aniqlash;
- serologik reaksiyalar, an‘anaviy serologik reaksiyalar (KBR,PR, NR) bilan bir qatorda
zamonoviy (IFA, RIU, immunbloting) usullar;
- molekulyar-genetik tekshirish usullari- molekulyar gibridizasiya (MG) va polimeraza
zanjirli reaksiya (PZR).
Asosan viruslarni laboratoriya sharoitida ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
sezgir laboratoriya hayvonlarga yuqtirish, rivojlanuvchi tovuq embrionida va hujayra
kulturasida o‘stirish.
Viruslarni undirib olishda hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir.
Hujayra kulturasi- sun‘iy sharoitda o‘sish va ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, odam va
hayvonlarning to‘qima hujayralaridir.
Hujayra kulturalarini olish, qo‘llashda 4 ta muhim bo‘lgan muommalarni hal qilishga
to‘g‘ri keladi, bularga kiradi:
1. Bir-biridan chegaralanib yotgan, miqdoriy jihatdan yetarili hujayralarni olish.
2. Bu hujayralarni saqlash va ko‘payishini taminlovchi oziq muhitlarni qo‘llash.
3. Hujayra kulturalarida bakteriyalarning ko‘payib ketmasligi uchun chora tadbirlar
qo‘llash.
4. Viruslarni hujayra kulturalarida ko‘pyayotganligini (indikasiya) aniqlash va ularni bir-
birdan (identifikasiya) saralash.
Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar. Hujayra kulturasini saqlash va
ko‘paytirishda murakkab tarkibga ega bo‘lgan muhitlar qo‘llaniladi. Bu muhitlar tarkibiga
aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi, mineral tuzlar kiradi va ularning
rN buferli eritmalar stabil saqlaydi.
Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko‘pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli eritmalardan
iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalarni organizimdan tashqarida
yashashini taminlaydi va ularni tayyorlash jarayonida to‘qima va hujayralarni yuvishda
131
qo‘llaniladi va virusologik oziq muhitlarni tayyorlashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
Amaliyotda eng ko‘p Xenks va Erl tuzli eritmalari ishladiladi (jadval 8).
Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi:
1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi);
2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari;
3. Sun‘iy oziq muhitlar.
Tabiiy oziq muhitlar asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga odam va
hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo‘shiladi.
Zardoblar sog‘lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon zardoblari
ishladiladi. Zardoblar olingandan kiyin ularni hujayra kulturalariga toksik ta‘sirga ega emasligi
aniqlanadi va uzoq mutdat sovutkichlarda saqlanishi mumkin.
Amnion suyuqligi homilador hayvonlardan, ayollardan aseptika qoidalariga rioya qilgan
holda olinadi. Amnion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda saqlanadi.
Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan
tayyorlanadi. Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror tuzli eritma
(ko‘pincha Xenks) qo‘shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.) qilinadi. Olingan
cho‘kma usti suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib muzlatkichlarda saqlanadi.
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko‘proq sut laktoalbuminining gidrolizati
va kozein va shoxli hayvonlarni oqsil gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit
tayyorlashda ularga tuzli eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo‘shiladi.
Sun‘iy muhitlar. Bular ma‘lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi, shuning uchun ular
doimiy va aniq tarkibga ega bo‘ladi. Ular tabiiy moddalarga o‘xshab ballast (begona oqsillar)
tutmaydi. Bu muhitlar ancha murakkab tarkibga (aminokislotalar, vitaminlar, pirimidin,
uglevodlar, mineral tuzlar va bosh. moddalar) ega bo‘ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi.
Hujayra kulturalari. Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va boshqa
biologik ob‘ektlar to‘qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash quyidagi bir necha
ketma-ket bosqichdan iborat:
-
to‘qimani olish, qondan, keraksiz to‘qimalardan tozalash va maydalash.
-
tripsin ta‘sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish.
-
hosil bo‘lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash.
-
tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma‘lum miqdordagi
suspenziyasini tayyorlash.
-
hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo‘llaniladigan mahsus shisha probirka,
flokon (matraslar) larda, hujayralarning o‘sishini ta‘minlab beradigan oziqli muhitlar qo‘shib
saqlash.
Hujayra kulturalarini olishda va saqlashda yuqorida keltirilgan oziqli muhitlardan
foydalaniladi.
Hujayra kulturalarini bakteriyalar bilan ifloslanib qolmasligi uchun, hujayra kulturalari
bilan ishlashda qa‘tiy aseptik qoidalarga rioya qilgan holda maxsus steril bokslarda ish olib
boriladi va tekshirilayotgan materiallardagi qo‘shimcha mikroflorani ko‘payib ketishini oldini
olish maqsadida oziqli muhitlarga antibiotiklar qo‘shiladi.
Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo‘yicha fiksasiyalangan to‘qima bo‘lakchalari
kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut qilinadi.
1) Bir qavatli hujayra kulturasi- kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya idishlari
yuzasiga bir qavat bo‘lib ( monosloy) birikib oluvchi va ko‘payuvchi hujayra kulturalaridir.
Virusologiya amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladi.
2) Suspenziyali hujayra kulturasi- oziqli muhitning hamma hajmida ko‘payuvchi
hujayralar yig‘indisi bo‘lib, ular har doim aylantiruvchi magnit yordamida aralashtirib turiladi.
Bunday hujayra kulturalari virusologik amaliyotda vaksina preparatlari olishda qo‘llaniladi.
3) Fiksasiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasi- maydalangan to‘qima bo‘lakchalari
tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo‘lgan cho‘kmaga to‘qima bo‘lakchalari
fiksasiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar va Xenks eritmasi, embrion ekstraktidan
132
tayyorlangan suyuq suspenziya qo‘shiladi.1-2 kundan kiyin to‘qima bo‘lakchalari atrofida
plazma fibrinlaridan hosil bo‘lgan to‘rda yangi hujayralar o‘sa boshlaydi.
Fiksasiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasini olish va saqlash ancha murakkab
jarayon bo‘lganligi sababli bu usulda olingan hujayra kulturalarini bir qavatli hujayra kulturasi
amaliyotda siqib chiqarmoqda.
3) Organ kulturasi – Birlamchi strukturasi o‘zgarmagan ma‘lum organ bo‘lakchalari yoki
to‘qima. Chegaralangan xolda qo‘llaniladi.
Hujayra kulturasi va ularni undirib olish jarayonida bir qancha o‘nlab generasiyalar (bir
ko‘payish sikli) kuzatiladi. Hujayra kulturalarining hayot faoliyati saqlanib qoluvchi generasiya
sonlariga qarab bo‘linadi: birlamchi hujayra kulturalari, undiriladigan va yarim undiriladigan.
Birlamchi hujayra kulturalari – to‘qimalardan ajratib olingandan kiyin ko‘payish
generasiyasi 5-10 marotiba qayta undirib olishga yaraydi. Bunday hujayra kulturalari
laboratoriya sharoitida embrional, normal to‘qimalarini bo‘lakchalaridan maxsus proteolitik
fermentlar ( tripsin) ta‘sir etirilib hujayra kulturalari olinadi.Birlamchi tripsinlangan hujayra
kulturalarni kamchiligi asosan ularni bir necha generasiyadan kiyin ko‘payishini to‘xtab qolishi
hisoblanadi.
Undiriladigan yoki stabil hujayra kulturalari – bunday hujayra kulturalari laboratoriya
sharoitida bir necha 10 yillar ko‘payish xususiyatini yo‘qotmaydi va ko‘plab qayta
undirishlarga chidaydi. Bu hujayra kulturalari yuqori ko‘payish potensialiga ega bo‘lgan o‘sma
yoki embrional to‘qimalardan olinadi Bularga xavfli o‘sma hujayralari HeLa (birinchi marta
bachadon bo‘ynidagi karsinomadan), Ner-3 (limfoid karsinomasidan), hamda odam
amnionining normal hujayralari, maymun buyragi va boshqalardan tayyorlapga n hujayralar
kiradi va ular birlamchi hujayra kulturalariga nisbatan qator avfzalliklarga ega. Bularga kiradi:
uzoq yillar undirilishi va yuqori ko‘payish potensialiga ega bo‘lishi, kam mexnat talabi, uzoq
yillar muzlatib qo‘yilganda ham o‘zining xususiyatini yo‘qotmasligi, xalqaro hujayra kultura
liniyasi bo‘ylab ko‘plab dunyodagi laboratoriyalarda qo‘llanilishi. Lekin, bu hujayralarning
ko‘plab generasiyalari natijasida havfli ko‘payish xarakteri va somatik mutasiyalarga uchrash
extimolligi bu hujayralarni virus vaksinalari olish jarayonlarida qo‘llashni chegaralab qo‘yishga
olib kelgan.
Yarim undiriladigan (diploid) hujayra kulturalari – ko‘paytirilib undirilishi
chegaralangan 40 va 50 generasiyaga chidaydi. Bu hujayralar asosan odam embrioni diploid
hujayralaridan olinadi. Undirilish jarayonida bu hujayralar o‘zlarini birlamchi avlodlari singari
tarkibida diploid xromosoma to‘plami saqlashodi va havfli hujayra formasiga
transformasiyalanmaydi. Shuning uchun bu hujayra kulturalaridan virusologik amaliyotda
diognostik va vaksinalar olish maqsadlarida keng qo‘llaniladi.
Viruslarni indikasiya qilish usullari. Virusologik amaliyotga hujayra kulturalarining
kirib kelishi , oldin noma‘lum bo‘lgan ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib olish va
ularni identifikasiya qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Hozirgi kunda har bir viruslar uchun
sezgir hujayra kulturalarini tanlash imkoniyatlari movjud.
Hujayra kulturalariga virus saqluvchi materialni yuqtirilganda, virusning ko‘payishi
(reproduksiyasi) natijasida hujayralarda turli o‘zgarishlar ( destruksiya) kiritmalar hosil bo‘lishi
kuzatiladi. Viruslarning bunday xususiyati SPT (sito patologik ta‘siri) ya‘ni hujayrani
morfologiyasini o‘zgarishi, hatto uning o‘limiga sabab bo‘luvchi faktor deb qaraladi. Ularni
quyidagi fenomenlar asosida aniqlash (indikasiya) mumkin:
1. Virusni hujayraga sitopatologik ta‘siri (effekti)
2. Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi
3. Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi
4. Gemadsorbsiya reaksiyasi
5. Gemagglyutinasiya reaksiyasi
6. Rangli reaksiya
7. Interferensiya fenomeni
133
Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti). Viruslarning hujayra kulturasida
ko‘payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop ostida ko‘rish
bilan aniqlanadi va morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lganligiga qarab baholanadi. Bunda
ularning bir qismi halok bo‘lib, probirka devoridan ko‘chadi. Ayrim hujayralarning yemirilishi
oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa hujayralarga yuqadi. Ma‘lum vaqtdan so‘ng bu
hujayralar ham o‘ladi. Natijada bir qavatli yaxlit hujayra qatlami o‘rnida alohida-alohida
xujayrasiz zonada hujayra orolchalari hosil bo‘ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning
xarakteri bir xil emas. Bir xil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donodor bir xil
tipdagi hujayra destruksiyasini keltirib chiqaradi (rasm 33), o‘choqli mayda donodor
destruksiyani (gripp, kana ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko‘rinishdagi destruksiyani
(gerpes) viruslar, simplast ko‘p yadroli hujayralarni ( retroviruslar, morbiloviruslar, respirator-
sinsitial) viruslar keltirib chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda viruslarning birlamchi
indikasiya qilishda va oldindan taxminiy tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.
Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi. Ko‘pchilik viruslar hujayralarda ko‘payganda
hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. Masalan qutirish virusi nerv
hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar xosil qiladi (Babesh-Negre tanachasi), virus
nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) yig‘ilib qolishi natijasida kuzatiladi. Chin
chechak virusi xujayin hujayrasining sitoplazmasida ko‘payadi va sitoplazmada katta
hujayralar va ularning sitoplazmasida Gvarnieri tanachalarini hosil qiladi. Yorug‘lik
mikroskopida ham aniqlash mumkin (rasm-34).
Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi.
Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli hisoblanadi (34-rasm).
Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi oziqli muhit olib tashlanib virus
saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra kulturasiga virus yuqtiriladi, so‘ngra neytral
qizil indikator qo‘shilgan yupqa agar qatlami bilan qoplanadi..
Termostatda bir necha kun saqlab turilgandan so‘ng, agar qoplamasida ma‘lum shakldagi oq-oq
dog‘lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo‘ladi. Bu esa, bir tekisda o‘sgan hujayra
kulturasi tarkibida virus ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan jonsizlangan hujayralar to‘plamidir.
Har bir pilakcha birgina virus zarrachasining ko‘payishi natijasida hosil bo‘lib, neytral qizil
bilan bo‘yalgan hujayralar fonida yumaloq oq dog‘lar shaklida ko‘rinadi.
Shu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml tekshirilayotgan materialda pilakcha hosil
qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi, morfologiyasi va uning
paydo bo‘lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo‘ladi, xatto shu turning ichidagi ayrim
shtammlarida ham farqlanadi. Viruslarning bu xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va
ularning sof liniyasini ajratib olishda qo‘llaniladi.
Gemadsorbsiya reaksiyasi. Viruslarni indikasiya qilish usullaridan biri, ular kirib
ko‘payayotgan (reproduksiya) hujayraning yuzasi eritrositlarni adsorbsiya qilish qobiliyatiga
asoslangan, bu esa gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi (34 -rasm). Gemadsorbsiya ham
gemagglyutinasiya reaksiyasiga o‘xshash mexanizimga ega. Gemadsorbsiyalash xossasiga ega
bo‘lishi virus yuqtirgan hujayra membranasida virusga xos maxsus oqsillarning –
gemagglyutininlarning joylashganiga bog‘liq bo‘lib, eritrositlarda bu oqsillarga komplementar
reseptorlar bo‘ladi va shuning uchun ham ular virus bilan zararlangan hujayralar yuzasiga
adsorbsiyalanadi. Bu reaksiyani qo‘yish uchun viruslar bilan zararlangan hujayra kulturasira
eritrositlar (ko‘proq tovuq, dengiz cho‘chqachasi, maymun va odamning O (I) eritrositlari
ishlatiladi) suspenziyasi qo‘shiladi. Ma‘lum vaqtdan so‘ng hujayralar natriy xloridning izotonik
eritmasi bilan yuviladi. Tarkibpda viruslar bo‘lgan hujayralar yuzasida eritrositlar
yopishganicha qoladi. Yorug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin. Virus yuqtirilgan hujayra
kulturasiga tip maxsusligini na‘mayon qilovchi zardob qo‘shilib saqlansa, hujayralar
gemadsorbsiya qilish qobilyatini yo‘qotadi, ya‘ni gemadsorbsiya tormozlanib qoladi. Bu
fenomen viruslarning identifikasiyasida qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |