REYTING NATIJALARINI QAYDQILISH TARTIBI
Fandan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‘ldiriladi va mas’ul xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.
Talabaning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “O’quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, “Fandan olgan baho” ustuniga esa, talabaning mazkur Nizomining 3.1. – bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirish bali qo‘yiladi.Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.
Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha talabaning JB, OB hamda YaB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatgichlarining monitoringi olib boriladi. O’zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda to‘ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.Talabaning reyting ko‘rsatgichlari oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.
SILLABUS
Dostları ilə paylaş: |