Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi. “Joxiliya” davri, arablarining diniy an’analari. Joxiliya davridagi ko‘p xudolik. Arabiston yarim orolidagi totemizm, fetishizm va o‘tmish avlodlarga sig‘inish diniy shakllarining qoldiqlari. Arabiston yarim orolidagi qadimiy dinlar: yahudiylik; xristianlik. Muxammad ibn Abdullox-Islom dini da’vatchisi va davlat arbobi. Nabiy va Rasul so‘zlarining ma’nosi. “Ahl al-kitob”ga bo‘lgan munosabatning davriy o‘zgarishi. “SHarh-i sadr” voqeasi. Payg‘ambarning Xadicha bint Xuvaylidga uylanishi. Ka’baning ta’mir etilishi. Hiro g‘orida vahiyning nozil bo‘la boshlashi. YAshirin targ‘ibotning boshlanishi. Musulmonlar. Oshkora da’vatga o‘tish. Musulmonlarga Makka mushriklari tomonidan tazyiq ko‘rsatilishi. Habashistonga hijrat. Najoshiyning musulmonlarga munosabati. “Isro va Me’roj” voqeasi. Madinaga hijrat. “Badr” jangi. Ilk islom davlatchilik munosabatlarining vujudga kelishi, qariyib yil davomida din me’yorlarining tadrijiy shakllana borishi. Hudaybiya shartnomasi. Makkaning fath etilishi. “Hajjatul vado’” (“vidolashuv haji”). Risolatning xotima topishi. Al-Xulafo ar-Roshidun davri. Xalifa saylash xususidagi tortishuvlar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, vizual yondoshuv, aqliy hujum.
Adabiyot: A.1A.2,Q.3,Q4,Q.10,Q.11,Q.13,Q.21,Q.24,Q.27
Islomning asosiy manbalari Qur’onning 23 yil mobaynida nozil bo‘lishi. “Qur’on” so‘zining ma’nosi. Uning tarkibi. Suralarning nozil bo‘lish davriga qarab taqsimlanishi. Makka suralari. Madina suralari. Ilk “suhuf” – qur’on oyatlarining jamlanishi. Xalifa Usmon ibn Affon davrida qur’onning kitob holiga keltirilishi. Toshkentdagi Usmon mushafining tarixi. Qur’onni o‘rganish asosiy maktablarining vujudga kelishi. Uni tushunish, talqin etishda turli yondashuvlar. Qiroat, tafsir kabi Qur’on ilmlarining taraqqiyoti.
Hadis. Al-hadis an-nabaviy. Al-hadis al-qudsiy. Hadislar islom dinining Qur’ondan keyingi manbai. Hadislarni yig‘ish (talab al-ilm) va jamlash (VIII-IX asrlar). Musnad, sunan, sahih hadis to‘plamlarining vujudga kelishi. Mashhur muhaddislar. Imom al-Buxoriy – buyuk mahaddis. Islom ta’limotining keyingi davrdagi taraqqiyoti va ahloq me’yorlarini ishlab chiqishda hadislarning o‘rni.
Muqaddas kitob Qur’onda VII asr boshidagi arab jamiyati voqeligi, qadriyatlari va ideallarning aks etishi. Qur’oni Karimning kitob xolida jam qilinishi(651-656y.)
Qur’onni o‘rganish asosiy maktablarning vujudga kelishi. Uni tushunish talqin etishda turli yondashuvlar va ziddiyatli fikrlar. Xadislarni yig‘ish (talab al-ilm) va jamlash (VIII-IX asrlar). Ularda Muxammad payg‘ambarning tarixiy-real, ideal va afsonaviy obrazlarning shakllanishi. Islom ta’limotining keyingi evolyusiyasi va axloq normalarini ishlab chiqishda hadislarning o‘rni. Islomda oqim va mazhablarning vujudga kelishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, vizual yondoshuv,aqliy hujum.
Adabiyot: A.1A.2,Q.3,Q4,Q.10,Q.11,Q.13,Q.19,Q.21,Q.24,Q.27,Q.28.