Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Vijdon erkinligi – diniy e’tiqod erkinligi. O‘zbekiston Respublikasi vijdon erkinligining qonunan kafolatlanishi. Diniy ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavida vijdon erkinligining o‘z ifodasini topishi. Bu masalaning davlat, jamiyat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlarning mustahkamlanishidagi ahamiyati. Kishilar e’tiqodining turliligi.
Mustaqillik va din. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan vijdon erkinligining kafolatlatlanishi. “Vijdon erkinligining va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan turli diniy konfessiyalar. Milliy istiqlol va ma’naviyat bir-biriga mustahkam bog‘liq tushuncha ekanligi. Ma’naviyatning tarixan qaror topib borishida madaniyat va dinning o‘rni. Diniy dunyoqarashning insoniyat hayotidagi o‘rni.Barkamol insonni shakllantirish O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning nazariy asosi ekanligi. Dunyoqarashlar erkinligini ta’minlash jarayonida har bir odamda shaxsiy fikr, mavqening shakllanishi. Imonli, komil insonlarni tarbiyalash O‘zbekiston mustaqil kelajagi uchun kafolat ekanligi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,vizual yondoshuv, aqliy hujum.
Adabiyot: A.1,A.2,Q.4,Q.5,Q.6,Q.8,Q.10,Q.11,Q.15,Q.16
Diniy ekstremizm va fundamentalizm.Missionerlikni jamiyat barqarorligiga tahdidi Fundamentalizmning vujudga kelishi. Eksremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda dinning roli. Radikal diniy oqimlar. Diniy ekstremizm – muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib (fanatik) unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm – o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik. Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davrga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi. Sobiq sovetlardan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishdan ta’qiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishning ahamiyati.Sobiq ittifoqda dinning pinhoniyatga chekinishi. O‘zbekistonda aqidaparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘lishi. Aqidaparastlikka berilib qolmaslik uchun diniy bilimlarga ega bo‘lishning zarurligi. O‘zbekiston hukumatining diniy insonparvarlik g‘oyalarining rivoji uchun olib borayotgan ishlari. Vahhobiylik – XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy-siyosiy oqim. “Al-Ixvon al-muslimun” tashkiloti va uning bo‘limlari. “hizb ut-tahrir” diniy-siyosiy partiyasi va uning maqsadi. Bu partiyaning islom olimlari tomonidan rad etilishi. “Akromiylar” guruhi va uning kelib chiqishi.Missionerlik tushunchasi,uni kelib chiqishi.Prozeletizm tushunchasining mohiyati.Missionerlikni jamiyat barqarorligiga tahdidi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,vizual yondoshuv, aqliy hujum.
Adabiyot: A.1,A.2,Q1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.8,Q.15,Q.18,Q.28