60
mashinalarning(avtokranlar, don o`rish va paxta terish kombaynlari) ruxsat
etilmagan darajada yaqinlashuvi va boshqalarda jarohatlanish mumki. Elektr
xavfsizlik(GOST 12.1.009-76) – tashkiliy va texnik chora- tadbirlar tizimi va
vositalaridir, ular odamlarni elektr maydonidan va statik (turg`un) elektr tokini
zararli va xavfli ta'siridan himoyalanishini ta'minlaydi. Elektr tokining odam
organizmiga va hayvonlarga ta'siri juda o`ziga xos murakkab shaklda
vujudga keladi. Organizmdan elektr tokining o`tishi natijasida kimyoviy,
issiqlik va biologik ta'sir ko`rsatadi. Kimyoviy ta'sir tufayli qon tarkibidagi
moddalar va boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. Issiqlik ta'siri
natijasida terining ayrim qismlari kuyadi. Elektr tokining biologik ta'siri
natijasida organizmdagi tirik hujayralar qo`zg`aladi, teri qichishadi, tomir
tortishadi va muskullar qisqaradi. lektr toki urishi katta xavf tug`diradi, u
butun organizmni jarohatlaydi, asab sistemasini, yurak va nafas olish