62
tarmog`i to`g`risidagi ma'lumotlarni, qurilmaning ko`chlanish kattaligi,
chastotasi, quvvatini, simlarning markasini, tarmoqning hamda ta'minlash
manbaining erga nisbatan himoyalash (izolyatsiyalash) tartibini, asboblarning
jarohatlanishdan oldingi va keyingi ko`rsatishlarini, jarohatlangan kishining
kiyimi hamda poyafzalining holatini (quruq, nam, zaxligini); havo haroratini
aniqlab olish kerak.
Qishloq xo`jaligida elektr tokidan jarohatlanishning oldini olishuchun
profilaktik ishlar o`tkazish zarur. Ular quydagilardan iboratdir: 1. Ishlab turgan
butun elektr jihozlarini istimolchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda
rioya qilinadigan TIQ (texnik ishlatish qoidaliri) va XTQ(xavfsizlik
texnikasi qoidalari)talablariga javob beradigan holatga keltirish. 2. Mahalliy
sharoitlardan kelib chiqib, elektr qurilmalar bilan ishlash xavfsizligini
oshiradigan qo`shimcha tadbirlar ko`rish. 3. Elektr asbobolarini, tezda
almashlab ulashlarni, ta'mirlash ishlarini pasaytirilgan kuchlanishga o`tkazish. 4.
Ishlatiladigan shaxsiy himoyalanish vositalarini takomillashtirish. 5. Xavfsiz
mehnat usullarini ko`rsatish orqali odamlarning o`qish sifatini yaxshilash.
Elektr tokidan jarohatlanish ko`pincha muhitga bog`liq, qayerda elektr
qurilmalar ishlatilsa, elektr qurilmalarning tok o`tkazadigan va simlarning
himoya qismlarini yuqori namlik, gazlarning ta'siri sekin-asta yemiradi.
Atrof muhit namligining yuqori bo`lishi tana qarshiligini kamaytiradi. Atrof
Dostları ilə paylaş: