Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti-fayllar.org
ko`payadi. Tok qiymati 100 mA bo`lganda, yurak faoliyatida yoki nafas olishning ishida hech qanday o`zgarish bo`lmaydi. Ammo hayvon tanasining qarshiligi, odam tanasining qarshiligidan ancha kam. Yirik shoxli mollarning oldingi va orqa oyoqlari orasidagi tana qarshiligi 400-600 Om, hayvon yiqilganda esa 50-100 Om gacha kamayadi. Hayvonlarga kichik kuchlanishlar bilan har doim ta'sir qilib turilsa, ular mahsuldorligi kamayib ketishi kuzatilgan. Agar kuchlanishning kattaligi 4-8 V bo`lsa, sut berish 20-40 % ga kamayadi. Qishloq xo`jaligida, odatda, o`zgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Ko`pgina jihozlar 380 V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan foydalaniladi. Elektr xavfsizligi shartlariga ko`ra, elektr qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga bo`linadi. Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi sabab bo`ladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish va sim bilan er orasida ulanib qolish.Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyafzal himoyalanishning holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda kishining holatiga bog`liq. Tana, qo`llar orqali tok o`tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok o`tadigan yo`lda yurak, o`pka, miya joylashgan. Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quydagilar sabab bo`ladi: 1. Elektr qurilmalarini o`rnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi; 2. Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o`tkazmaydigan metall qismlarga tegib ketishi; 3. Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik. Elektr