Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari
nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar orqali, texnik va texnologik
jarayonlarni fizikaviy qonuniyatlariga nisbatan uslubiy va ilmiy yondoshuv, hamda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Elektrotexnik qurilmalardagi umumiy qonuniyatlarni
o‘qitish orqali zamonaviy texnologik qurilmalarni va ularning ishini tahlil qilish, rejalashtirish,
boshqarish va kerakli holda ularni qayta uzgartirish uchun zarur nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor – o‘qituvchilari
tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar, masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy
ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy masala va misollar echish uslubi va mustaqil echish uchun
masalalar keltiriladi.Amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy
qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi.
Amaliy mashg‘ulotlar talabalarda elektr zanjirlarini tuzish, ularni hisoblash, elektr
mashinalarining ishlash prinsiplari haqida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
maqsadida o‘tiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bevosita nazariy mashg‘ulotlarda olingan
bilimlarga asoslanadi.
Laboratoriya mashg’ulotlar Laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda olgan
bilimlarini (asosiy fizik va elektrotexnik qonuniyatlarni) tajriabada tekshirib amaliy
ko‘nikmalar va malaka hosil qilishga qaratilgan.
Mustaqilta’lim Ma’lum hajmdagi mavzular talabalar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi. Bunda talabalar
mustaqil o‘rganish uchun ajratilgan mavzular rejasi asosida tavsiya etilgan adabiyotlardan,
elektron axborot va o‘quv materiallaridan, tarqatma materiallardan, hamda mustaqil
tayyorgarlik uchun yaratilgan maxsus o‘quv adabiyotlardan foydalanishlari ko‘zda tutiladi.