Toshkent kimyo texnologiyalari insituti "menejment va kasb ta’limi" fakulteti


– rasm. Xo’jalik konserva mahsulotlari



Yüklə 432,13 Kb.
səhifə5/14
tarix18.09.2023
ölçüsü432,13 Kb.
#145079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bekchanova Mashxura (2)

2 – rasm. Xo’jalik konserva mahsulotlari
Asl sabzavot konservalari.
Bunday konservalar ortiqcha ishlovsiz tayyorlanadi. Aralashmaga faqat 2-3% tuz (ba’zida qand) qo’shilib, dastlabki mahsulotdan oz farq qiladigan, tarkibi va organoleptik ko’rsatkichlari deyarli o’xshash mahsulot olish imkonini beradi. Bunday konservalarni vinegret va garnirlar tayyorlash uchun yarim fabrikat hamda alohida taom sifatida iste’molga ishlatish mumkin. Asl sabzavot konservalarini ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagidan iborat: mahsulotlarni yuvish, saralash va katta-kichikligiga qarab ajratish, oqartirish, ba’zida kesish va maydalash, idishlarni to’ldirish, qopqoqni yopish va sterilizasiyalashdan iborat (2-rasm).


Butunligicha konservalangan tomatlar.
Konservalash uchun unchalik katta bo’lmagan oz kamerali tekis,olxo’riga o’xshash shaklli, zich yetli navlar to’g’ri keladi. Tomatlar po’stli va po’stsiz konservalanadi. Po’stini tozalash juda murakkab va ko’p mehnat talab qiladi. Mevalarni 10-20 soniya davomida kuchli bug’ ostida ishlov beriladi, so’ng sovutilib, po’stlog’i qo’lda olinadi. Shuningdek ularni 15-18% li kaustik soda yeritmasiga 90-95°S tushirib, 20-30 soniya davomida ishlov berish mumkin, keyin sovuq suvda yaxshilab chayiladi va tozalanadi. Po’st tozalashning boshqa usullaridan yuqori haroratli o’choqlarda kuydirish, navbatma-navbat tez muzlatish va keyin issiq suvda yeritish qo’llaniladi. Tayyorlangan mevalar bankalarga joylanib, ustidan 2-2,5% li tuz yeritmasi yoki tuzsiz tomat suyuqligi quyiladi. Po’stlog’isiz mevalar faqat tomat suyuqligi bilan quyiladi. Meva to’qimalarini zichlashtirish va ular-ni darz ketishining oldini olish uchun suyuqlikga 0,16% li kalüsiy xlorid yeritmasi qo’shiladi. Kalüsiy xlorid pektin moddalari bilan ta’sirlanib, meva to’qimalarini yanada zichroq qiladi. Idishlar yopilib, asl tomatlar 100-105°S da sterilizasiyalanadi.
Konservalangan bodringlar.
Xom-ashyo sifatida zich yetli, kichik urug’ kamerali, ya’ni to’liq yetilmagan yashil-kornishon bodring navlaridan foydalanish mumkin. Konservalashda tuzlash singari ochiq tuproqda yetishtirilgan yangi uzilgan hamda 10 soat ichida saqlangan bodring ishlatiladi. Yashil bodringlar saralash va kalibrlashtirishdan keyin suv shimdiriladi yoki oqartiriladi. Shimdirish 0,5-1 soat davomida sovuq suvda amalga oshiriladi, oqartirish yesa 50-60°S li suvda 3-5 daqiqa davomida olib boriladi, keyin mevalarni tezda sovuq suvga solib chayiladi. Tayyorlangan mevalarni 2-3 l shisha bankalarga joylanadi. Mevalar to’plami tayyor mahsulot og’irligidan 70 mm, kornishonlar kamida 55% ni, boshqa o’lchamdagi mevalar yesa 50% ni tashkil yetadi. Ba’zida 14 smdan yirik mevalarni qismlarga bo’lib ham konservalanadi. Bankaga joylanadigan ziravorlarning miqdori konserva uyumini 2,5-3,5%ni tashkil yetishi kerak. Odatda quyidagi dorivor o’simliklarni tayyor mahsulotni miqdoriga nisbatan quyidagi%da ishlatiladi: 1% ukrop, 0,25% petrushka, 0,6% seldrey, 0,6% yer qalampir bargi, 0,05% yalpiz bargi, 0,25% sarimsoq, 0,02% lavr bargi, quruq achchiq 0,07% qalampir; 0,04% qora murch ishlatiladi. Qo’shiladigan eritma 6-7% tuz va 1% li sirka kislotasidan iborat bo’ladi. quyish harorati 70°S. Sterizasiyalash ochiq vannalarda amalga oshir-iladi. Avtoklavlarda sterilizasiyalash 100°S da 5-10 daqiqa davom yetadi. Shunindek, gul karam, loviya, qalampir, shpinatdan pyure va boshqa sabzavot asl konservalari ham tayyorlanadi. g’arbiy Yevropa davlatlarida vinegret, garnir, suyuq ovqatlar uchun aralashma sabzavot konservalari tayyorlash kengtarqalgan.


Yüklə 432,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin