O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYALARI INSITUTI “MENEJMENT VA KASB TA’LIMI” FAKULTETI
“SIFAT MENEJMENTI VA MAHSULOTLAR XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI
S1-19 GURUH TALABASI
Raximov Abdullaziz
Tayyorlangan konservalarni saqlash va ularni buzilishini turlari
27
XULOSA
29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
30
KIRISH Sanoat usulida konservalar ishlab chiqarish 19-asr boshlarida rivojlandi. Oʻzbekistonda Konserva sanoati 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekiston hududida kustar usul bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 kichik konserva korxonasi boʻlib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. Oʻzbekistonda konserva sanoati 30-yillarda rivojlandi. Asosan, meva va sabzavotlardan konservalar ishlab chiqarila boshlandi. 1929-yil Yangiyoʻl konserva zavodi, 1932-yil Toshkent konserva zavodi ishga tushirildi. 1940-yillar boshida Samarqandda konserva zavodlari qurildi. Namangan konserva zavodi ham kengaytirildi. Urushdan keyingi yillarda Fargʻona, Andijon, Shahrisabz va boshqa shaharlarda oʻnlab konserva zavodi ishga tushirildi, eskilari kengaytirildi va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 1975-yilda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konserni korxonalarida 490 mln. shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chikarildi. 1985-yilda sobiq Ittifokda alkogolizmga qarshi Qonun qabul qilingach, vino zavodlarida turli uzum va meva sharbati ishlab chikarila boshlandi. 1986—89 yillarda konserva ishlab chiqarish 2-marta koʻpaydi. Konserva korxonalari, asosan, "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosiy mahsulotlari — meva kompotlari, murabbo, jem, sharbatlar, marinadlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi, quritilgan mevalar (qoqilar).
2.1 Dimlangan konserva go‘sht mahsulotlari Koʻpchiligimiz sevib isteʼmol qiladigan mahsulotlardan biri bu konservalangan goʻsht mahsulotlaridir. Doʻkonlar va savdo majmualari rastalarini turli xil goʻsht konservalari bilan toʻlib toshganligiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Dimlangan konserva goʻsht mahsulotlari assortimentiga har doim ham isteʼmolchilar tomonidan talab yuqori boʻlgan. Isteʼmolchining konservalangan goʻshtni tanlashdagi asosiy muammosi bu mahsulotning mahkamlangan idishlarda joylashganligidir, uning sifatini faqatgina konservalangan idish ochilgandan keyin baholash mumkin. Ushbu vazifani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi amalga oshirdi. Chakana savdoda sotilayotgan konservalangan goʻsht mahsulotlarining belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish maqsadida Agentlik tomonidan oltita konserva namunalarixarid qilindi va sinovdan oʻtkazish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarga yuborildi, ushbu namunalar quyidagilar:
Bars dimlangan mol goʻshti, “Bars” MCHJ, Rossiya (325 g);
Ekstra dimlangan mol goʻshti, “Bars” MCHJ, Rossiya (325 g);
Asl dimlangan mol goʻshti, “Doston Plyus” MCHJ, Oʻzbekiston (325 g);
Ansor dimlangan mol goʻshti, “Ansor Zohir” MCHJ, Oʻzbekiston (325 g);
Dimlangan mol goʻshti, “Marmaks” QK MCHJ, Oʻzbekiston (338 g);
Raimov dimlangan mol goʻshti, “Raimov” MCHJ, Oʻzbekiston (325 g).