Toshkent moliya instituti " Buxgalteriya hisobi va audit"


Asosiy vositalarning tasnifiy jihatlari



Yüklə 79,81 Kb.
səhifə3/13
tarix19.11.2022
ölçüsü79,81 Kb.
#69890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5362078957510335353

Asosiy vositalarning tasnifiy jihatlari
Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar
Amortizatsiya-foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi
Foydali xizmat muddati-korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori. Qurib bitkazish, asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlash, qayta qurish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha ishlar tugatilganidan so‘ng foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar uchun foydali xizmat muddati bo‘lib ushbu ishlar tugatilganidan so‘ng mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytdan boshlab korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalaniladigan vaqt davri yoki korxona ushbu asosiy vositalarni qo‘llashdan olishni kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori hisoblanadi
Boshlang‘ich qiymat- to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan etkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymati
Joriy qiymat-ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa

Yüklə 79,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin