Toshkent moliya instituti " Buxgalteriya hisobi va audit"



Yüklə 79,81 Kb.
səhifə4/13
tarix19.11.2022
ölçüsü79,81 Kb.
#69890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5362078957510335353

Qoldiq (balans) qiymat-jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati
Tugatish qiymati-asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: a) moddiy-ashyoviy tuzilishga ega bo‘lmasligi; b)aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda (ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda) yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u ushbu muddatdan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanishi lozim. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli ham hisoblanadi;
v)korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi; g)ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi 2 Nomoddiy aktivlarning tasnifiy jihatlari Nomoddiy aktivlar -korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlari
Amortizatsiya- foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish
Amortizatsiyalanadigan qiymat- taxmin qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi Foydali xizmat muddati- korxona tomonidan aktivdan foydalanish ko‘zda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori Boshlang‘ich qiymati -nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to‘lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymati Tugatish qiymati -nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog‘ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi Joriy qiymati- ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa Qoldiq (balans) qiymat - nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang‘ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor Faol bozor oldi-sotdi ob’ektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni toppish mumkin bo‘lgan, shuningdek narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor (hammabop) bo‘lgan bozor Mutlaq huquq- bu faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquq Mehnat predmetlari va ulardan samarali foydalanishni tahlilida mehnat predmetlarning nazariy tavsifi, ularning turkumlanishi, xo‘jalik sub’ektining moddiy resurslar bilan taminlanganligi, samaradorligi, jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i, moliyalashtirilishi, aylanuvchanligi bilan bilan bog‘liq jihatlar tahlil etiladi. Korxona faoliyatida mehnat omili muhim axamiyat kasb etadi. Mehnat –bu inson va jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan oqil va ongli faoliyatdir. Mehnat resruslari mehnatga layoqatli aholining 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar iborat qatlamidir.Korxonada mehnat resurslari: xodim, ishchi, xizmatchi kategoriyalari bilan tarkiblanadi. Xodim–korxonada band bo‘lgan barcha tarkib, ishchi-masulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, xizmatchilar - jismoniy mehnatdan tashqari, xizmat ko‘rsatuvchi tarkib hisoblanadi.3

Yüklə 79,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin