53
larini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini
belgilab olish,
byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini
taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan.
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish,
tasdiqlash, ijro etish, davlat
tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 2013-yil 26-dekabrda qabul
qilingan bo‘lib, 9 ta bo‘lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks:
-
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish
asoslarini;
-
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini
tuzish prinsiplari va uning
tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
-
davlat
byudjeti
va
davlat
maqsadli
jamg‘armalaridaromadlarini
shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
-
davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi,
davlat byudjetining
daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‘g‘inlari
o‘rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini
tashkil qilish tartiblari; byudjet
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‘armalari,
ularni
tashkil qilish va ular mablag‘laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Yangi Byudjet kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan
kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‘lgan
ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet